Buxgalteriya hisobi va audit



Yüklə 2 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə60/102
tarix11.11.2023
ölçüsü2 Mb.
#131979
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   102
4-kurs BANK ISHI FANIDAN MA\'RUZALAR MATNI — копия

Kredit kanali
pul-kredit siyosatining asosiy ta’sir 
kanallaridan biri bo‘lib, ushbu kanal orqali foiz stavkasi iqtisodiyotning real sektoridagi 
jarayonlarga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. Mazkur kanalning samaradorligi ko‘p jihatdan 
kredit resurslariga bo‘lgan talab va taklifning Markaziy bank foiz stavkalarining 
o‘zgarishiga 
nisbatan 
ta’sirchanligiga 
bog‘liq 
hisoblanadi. 
Bugungi 
kunda 
iqtisodiyotdagi pul massasi oshishining asosiy qismi kredit kanali hissasiga to‘g‘ri 
kelganligi bois, uning o‘zgarishi ichki bozordagi narxlar darajasiga o‘zining salmoqli 
ta’sir ko‘rsatadi.Xususan, 2017 yil birinchi yarim yilligida tijorat banklari tomonidan 
iqtisodiyotning real sektorini kreditlash hajmlarining sezilarli darajada oshirilishi pul 
massasi o‘sish sur’atining tezlashishi va iqtisodiyotdagi inflyatsion bosimning 
kuchayishiga olib keldi.Iqtisodiyotni kreditlash darajasini barqarorlashtirish maqsadida 
2017 yilning ikkinchi yarmidan Markaziy bank tomonidan qayta moliyalash stavkasi 14 
foizgacha oshirilib, pul-kredit siyosati qat’iylashtirildi. Bu esa, o‘z navbatida, kredit 
resurslari foiz stavkalarining oshishiga olib keldi. Shuningdek, umumiy depozit va 
kreditlar tarkibida xorijiy valyutadagi depozit va kreditlar ulushining yuqoriligi hamda 
xufyona iqtisodiyotning mavjudligi kabi omillar iqtisodiyotni kreditlash hajmiga ta’sir 
ko‘rsatishga asoslangan pul-kredit siyosatining samaradorligini sezilarli darajada 
pasaytirmoqda. O‘z navbatida, tijorat banklari tomonidan kreditlarni bozor shartlari 
asosida berilmasligi, ya’ni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish davlat dasturlari doirasida 
imtiyozli va maqsadli kreditlar berilishi kredit kanali samaradorligining pasayishiga 
sabab bo‘lmoqda.Bunday holatlarda Markaziy bank tijorat banklariga nisbatan 
prudensial nazorat talablarini kuchaytirish va pul-kredit siyosatining instrumentlaridan 
oqilona foydalanish asosida milliy valyutadagi kredit va depozitlarning jozibadorligini 
oshirish siyosatini faol ravishda olib borishni ko‘zda tutmoqda.Markaziy bankning foiz 
siyosatini amalga oshirishda kredit resurslarini moliyalashtirish manbalari xususiyatlari 


69 
inobatga olinib, bozor mexanizmlariga asoslanmagan kreditlar ta’sirini kamaytirish 
bo‘yicha choralar kuchaytiriladi. 

Yüklə 2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   102




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin