Buxgalteriya hisobi va audit



Yüklə 2 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə61/102
tarix11.11.2023
ölçüsü2 Mb.
#131979
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   102
4-kurs BANK ISHI FANIDAN MA\'RUZALAR MATNI — копия

Valyuta kursi kanali
. Mazkur kanal ta’siri pul-kredit 
siyosati shartlarining o‘zgarishi natijasida almashuv kursining ichki hamda tashqi tovar 
va xizmatlarga bo‘lgan nisbiy talabning o‘zgarishi orqali namoyon bo‘ladi.Boshqa 
tomondan, Markaziy bank foiz stavkasining o‘zgarishi milliy valyutadagi moliyaviy 
aktivlar daromadlilik darajasining mos ravishda o‘zgarishiga olib kelib, almashuv 
kursiga o‘z ta’sirini ko‘rsatishi mumkin.Ichki valyuta bozorining liberallashtirilishi 
jarayonida milliy valyuta almashuv kursining devalvatsiyasi aholining inflyatsion 
kutilmalarini oshirib, valyuta kanalining inflyatsion kutilmalar kanali bilan aloqasini 
kuchaytirdi.Bunda, inflyatsion targetlashga o‘tish almashuv kursining erkin bozor 
sharoitida shakllanishi talab qilinishini inobatga olib, valyuta kursi kanali va aholining 
inflyatsion kutilmalari darajasi orasidagi aloqadorlikning muntazam ravishda kamaytirib 
borilishi o‘rta muddatli davrdagi muhim vazifalardan biri hisoblanadi. (
valyuta siyosati 
qismida batafsil yoritilgan
).
Inflyatsion kutilmalar kanali
pul-kredit siyosatining 
inflyatsion targetlash rejimi doirasida amalga oshirilishida inobatga olinishi lozim 
bo‘lgan asosiy omillardan biri hisoblanadi.Iqtisodiy jarayonlar ishtirokchilari qarorlar 
qabul qilishlarida nafaqat real bozor sharoitlarini, balki ularning kelajakdagi o‘zgarish 
ehtimolini ham inobatga olishlarida inflyatsion kutilmalar kanali asosiy ahamiyat kasb 
etadi. Xususan, korxona va tadbirkorlar narxlarni o‘rnatishlari va kelajakda ish haqi 
o‘zgarishini baholashlari uchun inflyatsion kutilmalar muhim hisoblanadi.Shu o‘rinda, 
mazkur kanalning asosiy xususiyati korxona va tashkilotlar tomonidan maxsulot va 
xizmatlar narxlarini shakllantirilishida namoyon bo‘ladi. Bunda, kelajakda inflyatsiya 
darajasining oshishini kutayotgan korxona va tashkilotlar narxlarni oshiradi, bu esa joriy 
inflyatsiya darajasining o‘sishiga olib keladi.Shuni ta’kidlash joizki, kutilmalar kanali 
yuqorida keltirilgan to‘rtta kanallarning barchasi bilan o‘zaro bog‘liqdir. Masalan, pul 
bozoridagi foiz stavkalari dinamikasining shakllanishi ko‘p jihatdan kelajakda 
kutilayotgan stavkalar darajasiga bog‘liqdir.Iqtisodiyotda inflyatsion kutilmalarning 
markaziy bank maqsadli ko‘rsatkichlariga nisbatan yuqori darajada bo‘lishi jamiyatda 
inflyatsiyani markaziy bank tomonidan to‘la nazoratga olish borasidagi shubhalarni 
keltirib chiqaradi. Mazkur vaziyat foiz stavkasini keskin oshirish zaruriyatini tug‘dirishi 
mumkin. O‘zbekiston sharoitida iqtisodiyotni tarkibiy o‘zgartirish va erkinlashtirish 
jarayonlari amalga oshirilayotgan davrda inflyatsion kutilmalar oshishi va kelajakda 
ma’lum muddat davomida saqlanib qolishi mumkin.Inflyatsion targetlash rejimiga 
o‘tish Markaziy bankning kelajakda amalga oshirilishi kutilayotgan siyosatiga 
jamoatchilik ishonchini oshirish va shu asnoda ijobiy inflyatsion kutilmalar 
shakllanishiga erishishni talab etadi.Aholi va xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning 
kelajakda narxlar o‘zgarishi yuzasidan kutilmalarini baholash va monitoring qilish
shuningdek, mazkur kutilmalarning xususiyatlari hamda unga ta’sir ko‘rsatuvchi 
omillarni atroflicha o‘rganish maqsadida 2018 yildan boshlab Markaziy bank 
tomonidan iste’mol narxlari dinamikasi va inflyatsion kutilmalarni o‘rganish yuzasidan 
kuzatuvlar va so‘rovlar olib borish amaliyoti joriy qilindi.Bunda, Markaziy bank 
tomonidan inflyatsion kutilmalar shakllanish jarayonini o‘rganish, tahlil qilish va ularni 
modellashtirish salohiyatini takomillashtirishga alohida e’tibor qaratiladi.

Yüklə 2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   102




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin