68
samaradorligini pasaytiradi.2017 yilning ikkinchi yarmidan Markaziy bank tomonidan
tijorat banklariga qisqa muddatli likvidlikni taqdim qilish operatsiyalari faollashtirildi.
Lekin bunda yagona banklararo pul bozorining mavjud
emasligi hamda pul-kredit
instrumentlari ta’sirining cheklanganligi amalga oshirilayotgan choralar samarasini
pasaytirmoqda.Yuzaga kelgan holatdan kelib chiqib hamda pul-kredit siyosati
transmission mexanizmining foiz kanalini kuchaytirish va pul bozorini samarali tartibga
solish maqsadida 2018 yilning birinchi yarim yilligida qisqa
muddatli pul resurslarini
jalb qilish va joylashtirish bo‘yicha banklararo pul bozorining yagona elektron
platformasini yaratish ko‘zda tutilgan.Shu bilan birga,
pul-kredit siyosatining
transmission mexanizmining foiz kanalini mustahkamlashda zaruriyat tug‘ilganda
Markaziy bank tomonidan bank tizimidagi ortiqcha likvidlikni jalb qilish bo‘yicha
operatsiyalar amalga oshiriladi.Shuni ta’kidlab o‘tish joizki, pul-kredit siyosatining
transmission mexanizmi samaradorligini ta’minlash va foiz instrumentlarini
optimallashtirish maqsadida Markaziy bankning pul-kredit
siyosatining asosiy
ko‘rsatkichi sifatida asosiy stavka va foiz koridorini 2019 yildan amaliyotga joriy qilish
ko‘zda tutilgan.Likvidlik taqdim etish va jalb qilish bo‘yicha pul-kredit siyosati
instrumentlari turlarining kengaytirilishi Markaziy bankning asosiy operatsiyalari
bo‘yicha foiz koridorini shakllantirishga xizmat qiladi.Iqtisodiyotni
liberallashtirish va
unda bozor mexanizmlari ta’sirining oshib borishi bilan bir qatorda faol pul-kredit
siyosatining amalga oshirilishi transmission mexanizmning foiz kanalini sezilarli
darajada mustahkamlab boradi.
Dostları ilə paylaş: