136
Keltirilgan misollarning birinchi va ikkinchisida ravish ergash gap bosh gapdan
oldin kelgan. Uchinchi va to‘rtinchi misollarda esa ravish ergash gap bosh gapning
orasida kelgan.
Ravish ergash gapli qo‘shma gaplarda ikkita ega va kesimdan tuzilgan markaz
- predikativ markaz mavjud bo‘ladi. Shu jihatdan bunday qo‘shma gaplar yoyiq ravsh
hollari ishtirok etgan sodda gaplardan farq qiladi.
Misollarga e’tibor bering:
I
. 1) Mashrab vujudi qalt-qalt titrab, changal orasidan ohista mo‘ralab qaradi
(O.Yoqubov). 2) Usmon ota diydor ko‘rishish ishtiyoqida sabri tugab, otiga qamchi
bosdi (A.Qahhor). 3) Osmon targ‘il tus olib, jala
quya boshladi
II
. 1) Husayin yangi ustoziga hurmat aralash hayrat bilan qarab, uning kasb-
hunarini egallab olishga ahd qildi. 2) Musayev «maktub»ni maxsus po‘lat idishga-
kapsulga solib, qopqog‘ini burab mahkamladi. (H.G‘ulomov) 3) Mashrab uyilib
yotgan bug‘doy g‘aramlarini aylana-aylana, buloq bo‘yiga zo‘rg‘a
etib bordi
(O.Yoqubov).
Yuqoridan birinchi guruh (I)da keltirilgan har uch misolda ham ikkitadan ega
va kesimli markaz mavjud bo‘lgani uchun ular ravish ergash gapli qo‘shma gap
sanaladi. Ikkinchi guruh (II)dagi har uchta misolda yoyiq ravish hollari (I)
«Yangi
ustoziga hurmat aralash
h
ayrat bilan qarab», 2) «maktub»ni maxsus po‘lat idish-
kapsulga
solib», 3) «uyulib yotgan bug
‘
doy g
‘
aramlarini aylana-aylana
ishtirok
etgan bo‘lib, bu uchta misolning har birida bittadan ega va kesim markazi 1) Husayn
ahd qildi
2) Musayev mahkamladi
,
3) Mashrab yetib keldi
mavjud. Shunga ko‘ra bu
gaplar ravish ergash gapli qo‘shma gap emas, yoyiq ravish
hollari ishtirok etgan
sodda gap sanaladi.
Mashq.
Keltirilgan misollardan ravish ergash gapli qo‘shma gaplarni ajarating.
Ular tarkibidagi biriktiruvchi vositalarni aniqlang.
1. Sutdek oppoq nur eru-ko‘kni siypalab o‘tib, ketidan momaqaldiroq
gumburladi. 2. Husni to‘lib, ochilur bahor. 3. Dono uyga kirib ketgach, Zokir bilan
anchagacha gaplashib o‘tirdik. 4. Yomg‘irda cho‘milgan daraxtlar xuddi to‘yga
yasangan qizlardek ochilib, havo xushbo‘y hidlarga to‘lib ketadi. 5. Ko‘z yoshlari
duv-duv oqib, Dildor suv yoqalab borardi (S.Ahmad). 6. Butun vujudiga ninalar
tinimsiz sanchilib, Yo‘ldoshning azobdan ko‘zlari chaqchayib ketdi. 7.
Baland
tog‘lardan jilg‘alanib oqib kelib, soylar, daryolar, havzalarni to‘ldirib yotgan ulkan
suv omborlarining bag‘rida obi hayot, ma’murchilik manbai bilan birga, katta xavf-
xatar ham yashiringan (G‘aybulla As-salom).
Mashq.
Berilgan misollar orasidan avval ravish ergash gapli qo‘shma gapni,
so‘ngra birikmali (yoyiq) ravish holini ajrating va ularni tushuntirib bering.
1. Husayin yangi ustoziga hurmat aralash hayrat bilan qarab, uning kasb-
hunarini, egallab olishga ahd qildi. 2. Mashinalar katta yo‘ldan
bu tomonga burilib,
Qoradaryoning chap sohili bo‘ylab asta yurib keldilar (H.G‘ulom). 3. Badanlariga
harorat yugurib, aka-ukani birdan uyqu elita boshladi. 4. Qudrat qoshlari chimirilib,
Botirovga qaradi. 5. Qushcha oyog‘i singan holda, sekin-sekin sakrab yurardi. 6.
Zuhra ko‘zi jiqqa yoshga to‘lib, qo‘lidagi katak ro‘molchasini siltadi (A.Qahhor). 7.
Talaba bo‘lish mukkadan tushib boshini sirtmoqqa ildirib o‘qish, o‘qish va yana
137
o‘qish degan gap emas (G‘aybulla As-salom). 8. Ubaydulla dili yayrab «Sadoi
Turkiston»ning yangi soni bilan tanishib chiqdi (A.Qahhor).
Mashq.
Taniqli yozuvchi S.Ahmad asarlaridan olingan misollarni sodda yoki
qo‘shma
gap ekanligini, qo‘shma gapning qaysi turi ekanligini aniqlang.
1. Uning rangi oqarib, bir nuqtaga tikilgancha telbanamo alpozda o‘tirardi. 2.
Betiga qora surtib, eshakka teskari mindirib qishloqdan chiqarib yuborishdi. 3.
Bironta roman o‘qimay, adabiyot nazariyasini mutlaqo bilmay, atrofda bo‘layotgan
voqealarni tahlil qilmay yozuvchi bo‘lmoqchimisiz? 4. U yuzlarini ikki qo‘li bilan
to‘sib, o‘ksib yig‘lab yubordi. 5. Ko‘rpani boshimga tortib, ezilib-ezilib yig‘layman.
6. Men, umuman, Abdulla Qahhor haqidagi xotiralarimni biron hujjatga qaramay,
misollarni kitobdan ko‘chirmay jonlantirmoqchiman. 7.
Kampir bu tovushlarga bir
dam quloq tutib, boshini tebratib kulib qo‘yadi. 8. Kon atrofidagi atrofi tikonli sim
bilan o‘ralgan maydonchada qorga ko‘milib, och-nahor o‘tirib tuman tarqalishini
kutardilar. 9. Faqat Qahhorgagina xos bo‘lgan, eshitgan odam bir umr esidan
chiqarmaydigan qilib aytardi. 10. Qo‘shni hovlilardan maktabga ketayotgan
bolalarning injiqliklari, xarxashalari, onalarining yalinib-yolvorishlari eshitilib
turibdi.
Dostları ilə paylaş: