O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta'lim vazirligi f. I. Xaydarov n. I. Xalilova



Yüklə 3,09 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə204/379
tarix11.11.2023
ölçüsü3,09 Mb.
#132195
1   ...   200   201   202   203   204   205   206   207   ...   379
хайдаров, халилова 2009 умумий психол(1)

A.A.Smirnov, P.I.Zinchenko
tajribalari shuni ko’rsatadiki, esda olib qolish u yoki 
bu faoliyatdagina samarali bo’lishi mumkin. A.A.Smirnovning tajribalarida 
tekshirishlarga qaraganda ikki xil faoliyat taklif qilinsa, birinchi holda ular ma'noli 
matnni esda olib qolish nazarda tutiladi. Sinaluvchilar matnni yodlar ekanlar, 
materiallar ustida hech qanday faol ish olib bormaganlar. Ikkinchi holda esa esda 
olib qolish vazifasi qo’yilmaydi-yu, lekin matn ustida muayyan ish olib borish 
unda uchraydigan ma'noviy xatolarni aniqlash taklif etiladi. Ikkinchi holda esda 
olib qolish ancha samarali bo’lganligi aniqlangan. 
Maxsus vositalar va oqilona usullarni qo’llash orqali esda olib qolish 
sohasidagi yondashishdan iborat tashkiliy faoliyat alohida ahamiyatga ega. 
A.A.Smirnov o’tkazgan tajribasida shuni ko’rsatadiki, matnni maxsus tuzib 
chiqilgan rejaga asoslangan holda yodlash rejasi, pala-partish esda olib qolishdan 
ikki barobar samaraliroq ekan, psixolog olimlarning tavsiyasiga binoan yodlash 
jarayonida materialni takrorlash bilan uni faol esga tushirishni o’zaro almashtirib 
turish yuqori natijalar beradi. Kuzatishlar va tajribalar shuni ko’rsatadiki, 
o’quvchilar va talabalar bu usullarni mustaqil ravishda egallay olmaydilar, odatda 
ularni muallimning rahbarligida egallashadi. Aks holda o’quv faoliyati 
ishtirokchilari materialni bevosita ixtiyorsiz esda olib qolish bos?ichida qotib 
qolishi mumkin, bu hol aqliy o’sishga qarama-qarshidir. 
Shu narsani alohida ta'kidlab o’tish kerakki, o’quv materiallarining 
ma'nosiga tushunib esda olib qolish yo’li oqilona yo’l bo’lib qolmasdan, balki u 
mexanik esda olib qolish jarayonidan o’zining samaradorligi bilan keskin darajada 
ajralib turadi. 
Esda olib qolish jarayoni deganda sezgi, idrok, tafakkur, ichki kechinmalarni 
xotirada saqlanish xususiyati tushuniladi. Kundalik hayotimizda kitob, jurnal, 


180 
gazeta o’qiyotganimizda materialni esda olib qolish uchun shu materialning 
ma'nosiga tushunib olishga harakat qilamiz. Jamiki narsa insonga yetarli darajada 
tushunarli bo’lmasa, u taqdirda ularni esda olib qolish jarayoni juda qiyin kechadi. 
O’rganilayotgan materialning mazmuni va ma'nosiga tushunib olish uchun odam 
uni tahlil qilishga, umumlashtirishga harakat qiladi. A.A.Smirnov ta'kidlaganidek, 
materialni o’zlashtirib olish xuddi shu jarayonga yaqqol misoldir. Mualliflarning 
shaxsiy fikriga ko’ra o’zlashtirayotgan materiallarni esda olib qolish qiyinligi 
sababli ularni tushuna olmaslikdir. Tushunib olishning esda olib holishdagi 
ahamiyati xuddi shu bilan tavsiflanadi. 
Jahon 
psixologiya 
fani 
to’plagan 
ma'lumotlarga 
qaraganda 
o’zlashtirilayotgan materialni mexanik tarzda egallashga nisbatan uning ma'nosini 
tushunib o’zlashtirish bir necha marta mahsuldordir. 
Esda olib qolish jarayonida o’zlashtirilayotgan materialning ma'noga ega 
bo’lishi yoki bo’lmasligi muhimdir. Assosiativ psixologiya maktabining vakili, 
taniqli psixolog 

Yüklə 3,09 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   200   201   202   203   204   205   206   207   ...   379




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin