O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta'lim vazirligi f. I. Xaydarov n. I. Xalilova



Yüklə 3,09 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə234/379
tarix11.11.2023
ölçüsü3,09 Mb.
#132195
1   ...   230   231   232   233   234   235   236   237   ...   379
хайдаров, халилова 2009 умумий психол(1)

nazariy tafakkur
deb ataladi. Tushunchalar o’rtasidagi bog’lanishlarni yoritib borish va shu 
bog’lanishlarni nazariy jihatdan fikr yuritish yo’li bilan izohlash kabi jarayonlarni 
nazariy tafakkur yordamida amalga oshirish mumkin. Izohlash paytida 
izohlanayotgan narsa va hodisalar, xossa va xususiyatlar, jism va predmetlar, 
umuman butun voqelik ma'lum turkumdagi tushunchalar qatoriga kiritiladi va 
ularning farq qiladigan belgi va alomatlari fikran ajratib ko’rsatiladi. Bundan 
tashqari muayyan ob'ektlarning mohiyati, mazmuni mavjud bo’lishlik sabablari, 
kelib chiqishi, taraqqiyoti, o’zgarishi, shuningdek ularning ahamiyati va funksiya 
hamda vazifalari izohlab beriladi. 
Nazariy tafakkurni ayni bir paytda abstrakt tafakkur deb nomlash an'ana 
tusiga kirib qolgan. Bunday nom bilan atashga asosiy sabab nazariy tafakkurning 
umumiy hukmlarda ifodalanishidir. Masalan, diqqat barcha psixik jarayon va 
holatlarni muvaffaqiyatli amalga oshirish garovidir.
Abstrakt tafakkur muammosi qator sobiq sovet psixologlari tomonidan 
izchillik bilan tadqiq etilgan. Sobiq sovet psixologiyasining dastlabki rivojlanishi 
pallasida ushbu masala bilan L.S.Vigotskiy, P.P.Blonskiylar, keyinchalik 
S.L.Rubinshteyn, B.G.Ananev, A.N.Leontev, N.A.Menchinskaya, P.Ya.Galperin, 
R.G.Natadze, D.B.El'konin, V.V.Davidov, A.M.Matyushkin va boshqalar 
shug’ullanganlar. 
Nazariy tafakkur tufayli voqelikdagi umumiy va muhim bog’lanishlarni, 
xossalarni, qonuniyatlarni anglab olamiz. Shuning uchun quyosh va oy tutilishini, 
yulduzlar tizimini harakatini, ob-havo ma'lumotlarini, yer qimirlash o’choqlarini, 


207 
voqea sodir bo’lishini ancha ilgari aytib berishimiz mumkin. Shu sababdan nazariy 
tafakkurni oldindan ko’rish imkoniyatini yaratadigan 
umumlashgan tafakkur
deb 
ataydilar. 
Shunday qilib, abstrakt tafakkur orqali narsa va hodisalarni bevosita idrok 
qilish mumkin bo’lmagan xususiyatlari, o’zaro munosabatlari aniqlanadi, u yoki bu 
sohaga oid qonuniyatlar ochiladi, sabab-oqibat bog’lanishlari aks ettiriladi. 
Voqelikni o’zlashtirish vositasi bilan real narsa va hodisalarni yaratilishiga
yo’naltirilgan fikr yuritiladi. U qo’yilgan amaliy va nazariy vazifalarni yangi 
usullar bilan hal qilish, ongimizda yangi tasavvur, tushuncha va hukmlar hosil 
qilish, muayyan yangi narsalar yaratish bilan bog’liq murakkab tafakkur 
jarayonidir. Amaliy tafakkur jarayonining davomi ish-harakatlarini, aqliy 
xarakatlarni tasavvur qilishda, fikrlashda namoyon bo’ladi. Masalan, talabalar 
faoliyatidagi konspekt yozish, referat tayyorlash, kurs va diplom ishi ustida ishlash 
kabilar amaliy tafakkurga yaqqol misoldir. 
Muayyan fikrni chin yoki yolg’onligini ob'ektiv dalillar bilan isbotlash 
o’rniga, inson shaxsining ijobiy yoki salbiy sifatlari bilangina cheklanib qolishdan 
iborat tafakkur turi avtoritar tafakkur turi deb ataladi. U ko’pincha odamlarning 
muayyan soha bo’yicha bilim saviyasining, darajasining cheklanganligidan va 
mustaqil fikr yuritish qobiliyatining yetarli darajada o’smaganligidan dalolat 
beradi. Shuningdek, psixologiyada bir-birlari bilan uzviy ravishda bog’langan 
mulohaza yuritishdan iborat tafakkur jarayonini diskursiv tafakkur deb ataladi.

Yüklə 3,09 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   230   231   232   233   234   235   236   237   ...   379




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin