realistik va autistik turlarga ajratiladi.
Realistik tafakkur qurshab olgan atrof-muhitni o’rganishga, aks ettirishga
qaratilgan fikr yuritish bo’lib, u mantiqiy qonun va qoidalar yordami bilan
voqelikni in'ikos qiladi.
Autistik tafakkur insonning hohish va istaklarini amalga
oshirish bilan bog’liq ravishda sodir bo’ladi. Amalga oshirilishi lozim bo’lgan
tafakkur harakatlari o’sha shaxsning o’z tilaklarini ro’yobga chiqarishga
yo’naltirilgan fikr yuritilishdan iborat individuallik yoki individualistik tafakkurdir.
Masala yechimini qabul qilishga va informasion tayyorgarlik ko’rishga
qaratilgan fikr yuritish
vizual tafakkur deyiladi. Vizual tafakkur maqsadga
muvofiq xarakatlar yoki anglanilmagan operasiyalar, chunonchi obrazlar
manipulyasiyasi va transformasiyasi yordami bilan amalga oshiriladi va "aqliy
anglanish"dan namoyon bo’ladi.
Yirik sobiq sovet psixologlaridan biri
Z.I.Kalmikova o’z tadqiqotlarida
tafakkurni produktiv va reproduktiv turlarga ajratib o’rgangan edi. qisqa vaqt
birligi ichida yangi orginal fikrlar yaratish yoki muhim ilmiy, amaliy masalalarni
hal qilish bilan belgilanadigan tafakkur produktiv tafakkur deb ataladi.
Reproduktiv tafakkur esa passiv, tayyor mulohazalarni o’zlashtirib olishga va
"tayyor holda" undan foydalanishga qaratilgan insonning bilish faoliyati
ko’rinishidir.
Fazoviy tafakkur muammosi atoqli rus psixologi
B.G.Ananev va uning
shogirdlari tomonidan tadqiq qilingan bo’lib, keyingi yillarda bu muammo
yuzasidan taniqli psixolog
I.S.Yakimanskaya tomonidan kasb-hunar kolleji
o’quvchilarida tadqiqot ishlari olib borilmoqda. Fazoviy tafakkur deganda narsa va
hodisalarning fazoda rasional joylashishi, zamon va makon munosabatlarini,
murakkab bog’lanishlarini adekvat ravishda aks ettirishdan iborat fikr yuritish
209
jarayoni tushuniladi, tasavvurlar, xotira va xayol tasavvurlari bilan uzviy bog’liq
holda namoyon bo’ladi.