Xayol jarayonlari Xayol jarayonlari insonning tajribasi va bilim doirasi, shuningdek o’tmish
tajribalari bilan belgilanadi. Shuningdek xayol jarayonlari sifatida quyidagilar
ajratib ko’rsatiladi va ular yaqqol ifodalash maqsadida quyida jadval ko’rinishida
aks ettirildi.
Agglyutinasiya - "elimlash" degan ma'noni bildirib, unda turli qismlarni
bitta qilib yangi obraz yaratiladi. Masalan: yalmog’iz kampir, suv parisi, kentavr,
ssfinks obrazlari va boshqalar.
Giperbolizasiya -
obrazlarni
kattalashtirish
yoki
kichiklashtirish
shuningdek, alohida qismlarni o’zgartirishdir. Masalan: Gulliver, liliput, Alpomish,
Rustam pahlavon obrazlari kabilar.
Tizimlashtirish - o’xshatish orqali ayrim tasavvurlarni ular orasidagi
farqlarni silliqlash; tipiklashtirish-bir xil obrazlarni qaytarilishi bo’lib, har bir davr
uchun tipik bo’lgan obrazlarni yaratish Masalan: A.Qahhor hikoyalari ("O’g’ri",
"Bemor") A.Qodiriy ("O’tgan kunlar") romani kabilar.
Aksentlashtirish - ayrim belgilarni ta'kidlash orqali obrazlar yaratish
Masalan: o’rtoqlik hazillari. Aksentlashtirish badiiy adabiyotlarda juda ko’p
qo’llaniladi.
Yuqoridagi xayol jarayonlari orqali yaratiladigan obrazlar analiz va sintez
jarayonida ro’y beradi. Chunki har bir narsani yoki hodisani avval analiz (tahlil)
qilib ko’riladi, keyin ularni sintez (birlashtirish) qilish orqali yangi obrazlar hosil
qilinadi.
Xayol jarayonida xayol tasavvurlarining xotira tasavvuridan farqi muhim
ahamiyatga ega.
Xayol tasavvurlari ongda paydo bo’ladi va barqaror bo’ladi.
Xotira tasavvuridagi narsa doimo tanish narsadek his qilinadi. Xayol
tasavvurlari esa yangilikni his qilish tuyg’ularini beradi.
Xayol tasavvurlari insonning qiziqish va ideallari bilan bog’liq bo’lgani
sababli yangilikni his qilish tuyg’ulari oqibatida vujudga keladi.