Uchrashuvlar firmaga sadoqat tuyg‘usini uyg‘otmasligi ham
mumkin. Shunday bo‘lsa ham bular ishchilar qo‘nimsizligini
cheklaydi va ulaming ruhini mustahkamlaydi.
8.2.
Mehnat munosabatlarini tashkil etishda
shaxslararo munosabatlar va uning umumiy qonuniyatlari
Korxona va tashkilotdagi har qanday xodimning kasbiy
vazifasi uning axloqiy normalarni,
xulq-atvor qoidalarini
bajarishi va o ‘zi atrofidagi tashqi muhit (hamkasblari, xo
dimlar, mijozlar va sheriklari) bilan o ‘zaro munosabatlari
bilan chambarchas bog‘liq bo‘ladi. Mehnat munosabatlarida
axloq normalariga rioya qilish ham ayrim xodim, ham umuman
tashkilot omilkorligiga baho berishning asosiy mezonlaridan
biri hisoblanadi.
Etika (axloq) deyilganda ijtim oiy hayot jarayonida
ro‘yobga chiqariladigan universal va o‘ziga xos axloqiy talablar
va xulq-atvor normalari tizimi nazarda tutiladi.
Tegishli ravishda ishga doir munosabatlar etikasi jamiyat
hayotining sohalaridan birini ajratib ko‘rsatadi.
Shu narsa
tushunarliki, xizm atga doir m unosabatlarning axloqiy
normalari umuminsoniy normalarga va xulq-atvor qoidalariga
asoslanadi, lekin o ‘zining ayrim farq qiluvchi xususiyatlariga
ham ega bo‘ladi.
M ehnat faoliyati jarayonida inson o ‘zaro shaxslararo
munosabatlarning o ‘ziga xos xususiyatlarini belgilab beruvchi
qonuniyatlami hisobga olishi kerak bo‘ladi. Ular orasida eng
asosiylaridan biri javobning
noaniqligi qonuniyati yoki
boshqacha aytganda, kishilarning tashqi ta ’sirlarni idrok
qilishning ulardagi shaxsiy xususiyatlaming farqiga, muayyan
vaziyatga bog‘liqlik qonuniyati hisoblanadi.
Y uqorida sanab o ‘tilgan shaxslararo m unosabatlar
qonuniyatidan tashqari ularga odamning odam tomonidan
noto‘g‘ri tasvirlanishi va o ‘z-o‘ziga berilgan bahoning o‘x-
shamasligi qonunini kiritish mumkin.
Uning mohiyati shun-
dan iboratki, biror kishi boshqa kishini xuddi o ‘zini o ‘zi bilgan
174
darajada bila olmaydi. Bu daraja mazkur kishi haqida va o‘zi
to ‘g‘risida jiddiy qarorlar qabul qilish uchun yetarli asos
boiishi mumkin edi.
Shaxslararo munosabatlarda axborot m a’nosini buzib
ko‘rsatish qonuniyati muhim ahamiyatga egadir. U obyektiv
ravishda harakat qiladi va har qanday jarayonning boshlanishi
va oxirida qanchalik k o ‘p odam qandaydir axborotlar
majmuidan foydalansa, u shunchalik kuchliroq boiadi.
Shaxslararo munosabatlarda ko‘pincha
esdan chiqarib
qo‘yiladigan yana bir qonuniyat — psixologik o ‘z-o‘zini hi
moya qilish qonuniyatidir. Biz boshqa shaxslarga munosabat
sohasida birinchi o ‘ringa odatda, ulaming tashqi jismoniy
xavfsizligini qo‘yamiz, ulaming psixologik xavfsizligini esa
nazar-pisand qilmaymiz.
Ikkinchi tomondan, odamning o ‘zi o ‘zining psixologik
xavfsizligiga va unga hujum qilishdan
saqlanishiga katta aha-
miyat beradi. Ijtimoiy xulq-atvoming yetakchi sabablaridan
biri insonning shaxsiy maqomini, o ‘z qadr-qimmatini saq-
lashdir.
Dostları ilə paylaş: