Sh. N. Zaynutdinov, R. I. Nurimbetov



Yüklə 8,38 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə44/194
tarix15.11.2023
ölçüsü8,38 Mb.
#132639
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   194
Personalni boshqarish. Zaynutdinov Sh.N. Nurimbetov R.I

NAZORAT UCHUN SAVOLLAR
1. K orxonaning amal qiluvchi tuzilmalarini qurish va 
asoslashning o ‘ rganish usullarini sanab bering?
2. Tashkilot tuzilmasi deganda nim ani tushunasiz?
3. Tashkilotni boshqarish samaradorligi qanday 
guruhlarning maqsadlariga b og'liq?
4. Lavozim yo'riqnom alari deganda nimani tushunasiz?
5. Vakolatlam i taqsimlash deganda nimani tushunasiz?
6. Vakolatni taqsimlashning maqsadi nimalardan iborat?
7. Boshqarilish norrnasi deganda nimani tushunasiz?
8. Javobgarlik deganda nimani tushunasiz?
9. C hiziqli vakolatning m ohiyatini tushuntirib bering?
10. Shtabli vakolatni tushuntirib bering?
77


I ll BOB. PEPSONALNI JOY-JOYIGA Q O ‘YISH
Muhim tushunchalar: 
joylashtirish tamoyillari, joy-joyiga 
qo‘yish, karyeraning tipli mod el lari, karyerani rejalashtirish, 
karyera bosqichlari, harakatlanish, mehnatga haq to‘ lash, 
me’yorlashtirish
3.1. Personalni joylashtirish tamoyillari va uslublari
Personalni joy-joyiga qo‘yish kompleks baholash, rejaviy 
xizmat karyerasi, ish haqi va mehnat sharoitlaridan kelib chiqib 
ish o ‘rinlarini samarali almashtirishni ta’minlaydi.
Kadrlami joy-joyiga qo‘yishni ilmiy asoslash quyidagilami 
nazarda tutadi:
1. Xizmat karyerasini rejalashtirish. Bu personalni baholash 
natijalari va individual hissasi, xodimlarning yoshi, ishlab 
chiqarish staji, malakasi, «vakant» mansablaming mavjud- 
ligidan kelib chiqib, amalga oshiriladi.
2. Mehnat sharoiti va unga haq to‘lash. Kafolatlangan 
to‘ lovning hajmi va mukofot to‘ lovlar belgilanadi. Ish joyini 
jihozlash, ijtimoiy ta’minotlar va kafolatlar.
3. Kadrlaming rejaviy harakatlanishi. Kadrlaming o ‘sishi, 
ko‘chishi, pasayishi va ishdan ketishi xodimlarning ishlarini 
baholash natijalariga 'oog‘ liq holda va mehnatga haq to‘lash 
sharoitining ular hayotiy manfaatlariga ta’siridan kelib chiqib 
amalga oshiriladi.
Kadrlami joy-joyiga qo‘yishning asoslari:
— xizmat karyerasi modellari;
— korxona falsafasi;
— mehnat to‘g‘ risidagi qonunlar kodeksi;
— attestatsiya komissiyasining materiallari;
— xodimning shartnomasi;
— shtat jadval i;
— lavozim bo‘yicha yo‘riqnomalar;
— xodimiar uchun imtiyozlar;
78


— mehnatga haq to'lash to‘g‘risidagi nizom;
— kadrlarni joy-joyiga qo‘yish to‘g‘ risidagi nizom.
Kadrlami joy-joyiga qo‘yish kadrlar bilan ishlashning eng
muhim bosqichlaridan biri hisoblanib, o ‘z ichiga uchta o ‘zaro 
bog‘ liq vazifalarni oladi: xodim salohiyati va uning shaxsiy 
intilishlaridan kelib chiqib uni baholash; mehnat sharoiti va 
haq to‘lash to‘g‘risida shartnoma tuzish; kadrlaming boshqaruv 
tizimidagi harakatini ta’minlash (o‘stirish, pasaytirish, boshqa 
ishga ko‘ chirish, chiqib ketishi). Natijada korxonadagi barcha 
vakant ish o ‘rinlari xodimlarning shaxsiy niyatlari va rejaviy 
karyerasi inobatga olingan holda band bo‘lishi kerak.

Yüklə 8,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   194




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin