517
munozaralarni o‗tkazish va qarorlar qabul qilish xarajatlari, shartnomalarning
bajarilishini nazorat qilish va huquqiy himoyalash xarajatlari.
Transaksiya xarajatlari
– bu mulkchilik huquqlarini almashish va
himoyalash bilan bog‗liq barcha xarajatlar.
Transformatsiya xarajatlari
– iqtisodiy tizimdagi
eski institutlarni
tugatish, yangi institutlarni shakllantirish (yoki import qilish) va moslashtirish
bilan bog‗liq xarajatlar.
Uy xo„jaligi
– bu inson kapitalini ishlab chiqarishning umumiy vazifalari,
yashash, budjet va oila-qarindoshchilik aloqalari
bilan birlashgan kishilar
guruhidir.
Firma ichki tuzilishining variantlari
Aralash tuzilma,
agar bo‗linmalardan biri huddi unitar korxonadagi kabi
firma rahbariyati tomonidan to‗liq nazorat qilinsa, ikkinchi bo‗linma xoldingdagi
kabi firma rahbariyatiga moliyaviy jihatdan qaram bo‗lsa, uchinchi bo‗linma esa
operatsion mustaqillikka ega bo‗lib, multidivizional tuzilmadagi kabi o‗z xarajatini
qoplash tamoyili asosida faoliyat ko‗rsatgan taqdirda, yuzaga keladi.
Multidivizional tuzilma
–
mahsulotning xili, savdo markasiga qarab yoki
jug‗rofiy belgi bo‗yicha o‗z xarajatini qoplash va o‗zini o‗zi moliyalash tamoyili
asosida faoliyat ko‗rsatuvchi yarim muxtor ishlab chiqarish bo‗linmalarini tashkil
etishni nazarda tutadi.
Xolding tuzilmasi
– qarorlar qabul qilish va «agentlar»
harakatlari ustidan
nazorat qilish jarayonini imkon qadar markazlashgan tizimdan chiqarishni o‗zida
namoyon etadi.
Unitar tuzilma –
hukmronlik munosabatlarining maksimal darajada
markazlashuvini nazarda tutadi.
Dostları ilə paylaş: