Noyob va radioaktiv metallar rudalarni qazish va qayta ishlash



Yüklə 3,97 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/155
tarix25.11.2023
ölçüsü3,97 Mb.
#134495
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   155
Geologiya majmua

Sirli Pluton 
 
Lever`ening muvaffaqiyatidan ilhomlangan ingliz astronomi Forbs 1880 yildayoq, 
Neptundan uzoqda ham Quyosh oilasining a`zolaridan bo`lishini gumon qilib, uning 
o`rnini hisoblashga kirishdi. Murakkab hisoblashlar natijasida astronom noma`lum 
sayyoraning o`rni tarozi yulduzlar turkumida yotishini aniqladi. Forbs bir necha 
tunlarni uyqusiz o`tkazdi, osmonning bu soxasini rasmga oldi va tunda lupa bilan 
fotoplastinkalardan, tashqi planetaning “avtog`rafi” ni tinim bilmay izladi. Biroq 
barcha urinishlar foydasiz bo`lib chiqdi. Neptun ortidagi planeta ko`zga ilinmadi. U 
bilan bir vaqtda bu ishga “bel bog`lagan” boshqa bir astronom Toddning urinishlari 
ham natijasiz bo`lib chiqdi. 
Nihoyat, bir necha yillik hisoblashlar natijasida olim noma`lum sayyoraning aniq 
o`rnini topdi. Biroq olingan fotoplastinkalarda planeta Lovellga ham nasib qilmagan 
ekan, u 1930 yili vafot etdi. Xuddi shu yili 13 martda Lovell observatoriyasining yosh 
astronomi K. Tombo fotoplastinkada, transNeptunni ko`rdi va Lovellni hisoblagan 
o`rnining naqadar katta aniqlikka ega ekanligiga ishonch hosil qildi. Afsus qiladigan 
joyi shunda ediki, Lovell vafot etgach, u olgan fotog`rafiyalarni tekshirilganda, 
ularning bir nechtasida Plutonni qayd qilganligi ma`lum bo`ldi. Aftidan, Lovell planeta 
ravshan ko`rinishi kerak degan gumon bilan Pluton ko`z ilg`aydigan eng xira 
yulduzlardan ham ming marta xira ravshanlikka ega. Uning orbitasi juda cho`zinchoq 
ellips shaklida bo`lib, perigeliyni (Quyoshga eng Yaqin kelganda) Quyoshga 
Neptundan ham Yaqinroq keladi, afeliyida (orbitasining Quyoshdan uzoqdagi 
nuqtasida) Neptun orbitasidan salkam milliard kilometr nariga ketadi. Quyoshdan 
o`rtacha uzoqligi esa 5,9 milliard kilometrni (39,5 astronomik birlik) tashkil etadi. 
Agar bunday katta masofadan turib Quyoshga nazar tashlansa, u kichkina yorituvchi 
nuqtaga aylanib, planeta sirtini, Yer sirtiga nisbatan 1600 marta kam yoritishi 
hisoblashlardan aniq keladi. Temperaturasi minus 220 gradus atrofida, bu sayyoraning 
fizik tabiati ham shu tufayli Yaxshi o`rganilmagan. 
Plutonning diametri aniq o`lchami olinganicha yo`q, hisoblashlar u 3700 
kilometrdan katta emasligini ko`rsatadi. Uning ravshanligi 6,4 kunlik davu bilan qarab 
turadi va bu vaqt, planetaning aylanish davriga taxmin qilinadi, 
Pluton atrofida topilgan yo`ldosh xaron, sayyoradan 18 - 20 ming kilometr uzoqda 
turib, uning atrofida 6,4 kunda aylanib chiqadi. Olimlar uning diametrini 1200 
kilometrdan kam emas deb baholashdi. 
Hozirgi vaqtda olingan ma`lumotlar va Quyosh sistemasi tuzilishi haqidagi yangi 
fikrlar sayyoralarning sonini 1 taga kamaytirishni taklif etdi. Bundan kelib chiqib 
Plutonni asteroid deb hisoblash lozim. 

Yüklə 3,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   155




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin