ko`tarilish tezligi bir million yil davomida balandligi 10 km bo`lgan tog`ni hosil
qiladi. Bu Himolaydan ham baland!
Geologik o`tmishdagi tektonik harakatlar to`g`risida ularning natijalari
bo`yicha fikr yuritish mumkin.
6.2. Tog` jinslarining deformatsiyasi
Tog` jinslari tektonik kuchlar ta`sirida turli deformatsiyaga uchraydi. Tog`
jinslariga chetdan ta`sir qiluvchi kuchlar tashqi kuchlardir. Deformatsiya turlari
tog` jinslariga ta`sir qiluvchi shu tashqi kuchlar kattaligi va yo`nalishi,
deformatsiyalanish sharoiti hamda tog` jinslarining fizik xususiyatlariga bog`liq
bo`ladi.
Tog` jinslarining deformatsiyasi deganda ularning tashqi kuchlar ta`sirida
o`z shakli va hajmini o`zgartirish xususiyatiga aytiladi. Tog` jinslarining
deformatsiyasida ularning ichki fizik xususiyatlari: mustahkamligi, elastikligi,
plastikligi va mo`rtligi kabi xossalari asosiy ahamiyatga ega bo`ladi.
Tog` jinslarining
mustahkamligi
deb tashqi kuchlar ta`siriga ko`rsata
oladigan qarshilik qobiliyatiga aytiladi.
Tog` jinslarining
elastikligi
tashqi kuchlar ta`sirida o`z shakli va hajmini
o`zgartirishi va bu kuchlar ta`siri to`xtagandan so`ng birlamchi holatiga qaytish
xususiyatiga ega bo`lishini ifodalaydi.
Tog`
jinslarining
plastikligi
tashqi
kuchlar
ta`sirida shakli va hajmining
qaytmas
o`zgarishi
bilan
belgila-nadi.
Tog`
jinslarining
mo`rtligi
deb tashqi kuchlar
ta`sirida
yaxlitligi
buzilib,
parcha-lanish
xususiyatiga
aytiladi.
Dostları ilə paylaş: