jarayoni natijasida yuqorida aytib o`tilgan jinslar yemiriladi, mayda donachalarni
shamol uchirib ketadi va u joylarda har xil shakllar hosil bo`ladi. Yer yuzasiga yaqin
joylardagi bo`sh jinslarni shamol uchirib ketadi, uning o`rnida xovuzsimon relyef hosil
bo`ladi. Bunday joylar eol qozoni deb ataladi. Bunday chuqurliklarda yog`inlarning
to`planishidan vaqtli ko`lchalar yoki botqoqliklar hosil bo`lishi mumkin. Ko`pincha
cho`llarda bunday joylarda loyqa to`planib, yozda qurib qolib yorilib-yorilib ketadi va
bu yerlar taqir deb ataladi.
Korroziya
. Korroziya so`zi lotincha bo`lib silliqlash, o`yish, tekislash demakdir.
Shamol qum donachalarini uchirsa, qattiq tog` jinslariga uriladi va ularni shamolga
qarshi tomonini qiradi, o`yadi, silliqlaydi. Shamoning ana shu bajargan geologik ishiga
karroziya deyiladi. Shamol olib borayotgan qum odatda yer yuzasidan 2-3m balandda
uchadi; shuning uchun korroziya qoya toshlarini tagini eng ko`p o`yadi;
Shamol qum donachalarini tuxtovsiz qattiq kuch bilan tog` jinslariga urishi
natijasida ularda 1,5-2m keladigan chuqurchalar hosil bo`ladi. Shamol yumshoq jinslar
orasidagi toshlarni ochib, tozalab ketadi. Karroziya qattiq cho`kindi jinslarni uyib,
kichik-kichik chuqurlar hosil qiladi; ba`zan bunday jinslar juda jimjimador bo`lib
qoladi. Cho`llarda shamolning ta`siri natijasida qumtepaliklar ya`ni
barxanlar
hosil
bo`ladi. Barxnlarning balandligi 2m dan 30m gacha, ba`zan 50-100m gacha yetishi
mumkin. Barxanlar siljib turadi, masalan 1 yilda o`rta xisobda 2-10m gacha, ba`zi
xollarda 100- 150 m gacha siljiydi. Dengiz, ko`l va daryo soxillariga to`lqin chiqarib
tashlagan qumlarni shamol uchirib, quriqlik ichkarisiga olib ketishi va soxil buylab
yotqizishi mumkin. Dengiz yoki daryo buyidagi qumtepaliklar
dyunalar
deyiladi.
Dyunalarning balandligi 20-25m gacha , ba`zan katta dengiz soxilida 20m gacha
yetishi mumkin. Ular ham siljib, bir yil ichida 100m dan 200m gacha yo`l bosishi
mumkin.
Shamol keltirgan yotqiziqlar eol yotqiziqlar deyiladi. Eol yotkiziklari o`z xususiyati
va shakli bilan boshqa yotqiziqlardan farq qiladi. Eol yotqiziqlariga qumdan tashqari,
tabiatda keng tarqalgan lyoss (soz tuproq) xam kiradi.
Dostları ilə paylaş: