Noyob va radioaktiv metallar rudalarni qazish va qayta ishlash


Doimiy suv oqimlari – daryolar



Yüklə 3,97 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə67/155
tarix25.11.2023
ölçüsü3,97 Mb.
#134495
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   155
Geologiya majmua

Doimiy suv oqimlari – daryolar
.
Daryolar – havza deb ataluvchi keng 
hududlardan atmosfera yog`in-sochinlari va erosti suvlarini to`plovchi uzluksiz 
oquvchi suv oqimlaridir. Quruqlikning 68 % maydoni daryolarning suv yig`ish 
maydonlari hisoblanadi va ulardan to`plangan suvlar okean va dengizlarga 
quyuladi. Har yili quruqlikdan yig`ilayotgan suvning 20 % ga yaqini 
sayyoramizda suvi ko`p bo`lgan Amazonkaniki hisoblanadi. Suvi ko`pligi 
bo`yicha ikkinchi o`rinni Kongo daryosi egallaydi. Dunyodagi eng uzun daryo
Nil (6671 km) bo`lsada, suvi va havzasining maydoni uncha katta emas. 
Uzunligi 1000 km dan ortiq bo`lgan daryolar soni er yuzasida ellikdan ortiq. 
Ularning umumiy uzunligi 180 000 km.
Daryolarning suv yig`adigan maydoni daryo havzasi deyiladi. Havzalar 
planda ko`rinishiga qarab daraxtsimon, elpig`ichsimon, radial (markazga 
intiluvchi va markazdan taraluvchi) kabi turlarga bo`linadi. Volga daryosi 
havzasi daraxtsimon daryolarning tipik vakilidir. 
Daryo uncha katta bo`lmagan buloqdan (masalan, Volga), ko`ldan 
(Angara, Neva) yoki botqoqlikdan (Dnepr, G`arbiy Dvina) boshlanishi mumkin. 
Tog` daryolari odatda qor va muzlarning erishidan oziqlanadi. 
Barcha daryolar ham dengiz va okeanlarga kuyulmaydi. Ulardan ba`zilari 
(masalan, Volga, Amudaryo) ko`llarga quyulsa, ba`zilari sahrolarda tugaydi 
(Zarafshon).
Yil davomida daryolarning to`lib oqqan davrlari va sathining pasayib 
ketadigan vaqtlari bo`ladi. To`lib oqish davri daryolarning oziqlanish 
manbalariga (qor va muzlarning erishi, yog`in-sochinlar) bog`liq. Daryolar to`lib 
oqqan vaqtlarda ularning suv sarfi yuzlab marta oshishi mumkin. 
Suvning orticha miqdori ba`zan favqulodda hodisalarga olib keladi. Daryo 
o`zanidan chiqib, ko`p maydonlar suv ostida qolib ketadi. Bunday hodisalar 
hududining ancha qismi tekisliklardan iborat bo`lgan Xitoyda, Hindistonda
Rossiyada va dunyoning boshqa ba`zi mamlakatlarida tez-tez sodir bo`lib turadi. 

Yüklə 3,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   155




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin