Vodiylarning asimmetriyasi tektonik sabablar tufayli ham kelib chiqishi
mumkin. Bunday strukturaviy asimmetriya bir tomonga qiyalanib yotuvchi
qatlamlar bo`yicha oqadigan daryolarda kuzatiladi.
Vodiylarning asimmetriyasi ularning har ikkala betida yuviladigan tog`
jinlarining eroziyaga turlicha bardoshligi tufayli ham shakllanadi (128-rasm).
Daryo vodiylari antetsedentli va qo`shib oluvchi bo`lishi mumkin.
Antetsedentli - bu daryo qirqib o`tadigan struktura shakllanmasdan oldin
rivojlangan vodiydir. Bunda struktura qanday tezlikda o`ssa, uni daryo shu
tezlikda qirqadi.
Daryo boshlanishidagi qo`shib olish bir-biri tomon progressiv o`sib
boruvchi daryolarda kuzatiladi. Masalan, Ortoloy tizmasidagi Tersog`ar soyi
ikkiga bo`linib, bir tarmog`i janubga qarab oqib, Oltindarada Muksuvga
quyuladi. Ikkinchi tarmog`i esa shimolga qarab oqib, Qizilsuvga quyuladi.
Daryolarning geologik ishi natijasida hosil bo`lgan relef shakllaridan eng
yiriklari vodiylar va havzalardir.
Dostları ilə paylaş: