Qirg`oq yuvilishining faolligi oqim o`zagining qirg`oqqa
yondoshuv
burchagi (va oqimning eng yuqori tezligi) qancha katta bo`lsa, yuvilish tezliga
ham shuncha katta bo`ladi. To`g`ri chiziqli o`zanlarda oqim o`zagi
uning
markaziy qismida joylashgan bo`ladi, qirg`oq tomon tezlik susayib boradi.
Bunday sharoitlarda qirg`oq yuvilmaydi.
Qirg`oqning yuvilish tezligi vodiy shakllangan tog` jinslarining
mustahkamligiga bog`liq.
Qattiq tog` jinslaridan oqib o`tayotgan daryolarda oqim o`lchamiga bog`liq
bo`lmasdan qirg`oqning yuvilish tezligi keskin pasayadi. Qirg`oqning eng yuqori
yuvilish tezligi Amudaryoda qayd etilgan bo`lib, yiliga 1000-1200
m ni tashkil
etadi. Amudaryo qirg`og`ining yuvilishi sutka va hatto soatlar davomida o`zgarib
turadi.
Qayir.
Daryoning vaqti - vaqti bilan suv bosadigan qirg`oqlarini qayirlar
deb ataladi. Ulardagi to`planadigan yotqiziqlar uzan
fatsiyasinikidan anchagina
maydaligi bilan farq qiladi va o`ziga xos tekstura va strukturaga ega bo`ladi.
Qayir yotqiziqlari asosan saralanmagan alevrolitlarda,
pelo-alevritlardan va
gillardan iborat bo`ladi. Qayirlarda botqoqliklar va to`qayzorlar rivojlanadi.
Qayirlar quruqlikning 3 % ga yaqinini tashkil etadi, ammo ularning inson
hayotidagi ahamiyati juda katta.
Qayirlar uzoq vaqt davomida kechadigan yon eroziya bosqichida
shakllanadi.
Oqim to`liq bo`lgan vaqtlarda suv o`zanidan toshib, butun vodiyni qoplab
oladi va qayirlarda ham cho`kindi to`planadi.
Bunda mayda alevritli, gilli va
qumli material cho`kmaga o`tadi.
Dostları ilə paylaş: