Vaqtinchalik suv oqimlari tog` hududlarida jala yog`ishi va qorning tez
erishi tufayli vujudga keladi. Bunday oqimlar
sellar deyiladi. Sellar asosan
o`simlik qoplamasi yaxshi rivojlanmagan quruq iqlimli o`lkalarda hosil bo`ladi.
Ular o`zining katta tezligi, zichligi va eroziya xususiyatlari bilan boshqa
oqimlardan ajralib turadi. Sellar shakllanishida suv dastlab tog` yonbag`irlarida
butun maydon bo`yicha oqaboshlaydi va keyinchalik ma`lum o`zanlarga
birlashib, yaxlit oqimni tashkil qiladi.
Sel to`satdan paydo bo`lib, tog` daralari va soylaridan juda katta tezlik (20
- 25 m/sek) bilan pastga intiladi va yo`lida uchragan to`siqlarni emirib, oqizib
ketadi. SHu vaqtda o`zandagi suv loyqasi 5-20 m gacha ko`tariladi va sel ketish,
toshqin jarayoni bo`ladi. Masalan, 1966 yilda Isfayram soyda, 1967 yili Kichik
Almati soyida va 1978 yili Karpat tog`ida sel bo`lib, bir-ikki soatda har qaysisi
3000 - 4000 m
3
shag`al va loyqani tashigan. 1969 yili may oyida huddi shunday
hodisa CHirchiq daryosi va uning irmoqlarida sodir bo`lgan. CHunonchi,
Oqsoqota irmog`ida 2 soat davom etgan sel o`zan qayirusti supasidagi ekin
maydonlarini, tegirmonlarni oqizib ketgan. SHu qisqa vaqt ichida bir necha yuz
tup mevali daraxt va bir necha ming m
3
shag`al CHirchiq daryosiga quyilgan va
konus yoyilmasi (Bo`stonliq qishlog`i) bortlarini yuvib ketgan.
Sel oqiziqlari odatda tog` etaklarida prolyuviy yotqizig`ini hosil qiladi.
YOnbag`irlardagi ellyuviy, delyuviylar yog`in suviga to`yingandan so`ng
harakatga kelgan mahsulotlarni pastga oqizib tushadi. Sel faqat tosh
bo`laklarinigina emas, balki ildizi bo`shroq daraxtlarni ham oqizib ketadi.
Sel oqimlari zichligining yuqoriligi bir tomondan tezligining kattaligiga,
ikkinchi tomondan esa yil davomida nuragan mahsulotlarni birdaniga
ko`chirishiga bog`liqdir. Sel oqimlari butun oqim yo`lidagi barcha materiallarni
oqizib, tog`oldi tekisliklariga olib chiqadi. Ular keltirgan materiallarning miqdori
shu hududdagi doimiy oqar suvlarnikiga qaraganda ko`proqdir. Bu prolyuvial va
delyuvial
yotqiziqlarning
allyuvial
yotqiziqlarga
qaraganda
keng
tarqalganligidan ma`lum. Sel oqimlari xar doim turbulent xarakterga ega bo`ladi.
Yotqiziqlari
differensiatsiyalanmagan
va
saralanmagan,
bo`laklari
dumaloqlanmagan, o`tkir qirrali bo`ladi.