87,5% ni tashkil qilishi mumkin. YAxshi saralanmagan materiallarda donalar
orasidagi bo`shliqlar mayda zarralar bilan to`lib, g`ovaklik darajasini kamaytiradi.
Zichlashish va sementlanish natijasida ham g`ovaklik miqdori juda pasayib ketadi.
Neftli gorizontlarda g`ovaklik 5-20% bo`ladi.
Kirituvchanlik
terrigen jinslarning suyuqliklarni o`tkazish qobiliyatidir. U
Darsi formulasi bilan ifodalanadi:
Q + KA x (dp/dl),
bunda Q – vaqt birligida singadigan suyuqlik hajmi, A – ko`ndalang kesim yuzasi,
dp/dl-konkret o`lchamlarga bog`liq bo`lmagan gidravlik gradient.
Kirituvchanlik kattaligi suyuqlik xususiyati va muhitning g`ovakligi hamda
shu muhitdagi kirituvchanlik yo`nalishiga bog`liq.
Solishtirma kirituvchanlik (k) kirituvchanlik o`lchami bo`lib, u faqatgina
muhitga bog`liq:
Q + KAf/M x dp/dl
bunda f- suyuqlikning solishtirma og`irligi, M – esa uning qovushoqligi. Solishtirma
kirituvchanlik
darsi
birligida o`lchanadi va uni oqim harakatlanayotgan
g`ovaklarning yig`indi yuzasi sifatida qarash mumkin.
Tog` jinslarining kirituvchanligiga bo`laklarning o`lchami, ularning saralanish
darajasi, mo`ljallanganligi, joylashish tartibi hamda sementlanishi va qatlamlanish
xususiyatlari ta`sir etadi. Terrigen cho`kindilar donalarining o`lchami qancha kichik
va saralanish darajasi past bo`lsa, kirituvchanligi shuncha kamayishi eksperimental
yo`l bilan aniqlangan. Gradatsion qat-qatlikka ega bo`lgan turbidit yotqiziqlarining
qatlamlarida pastdan yuqoriga qarab, donalar o`lchamining kichirayib borish
yo`nalishi bo`yicha kirituvchanlik ham pasayib boradi. Qum donalarining
joylashishi qancha zich bo`lsa, boshqa barcha teng sharoitlarda, samarali g`ovaklik
va shu tufayli kirituvchanlik ham shuncha past bo`ladi.
Kirituvchanlik g`ovaklikka to`g`ri va solishtirma yuzaga teskari proporsional
bo`ladi. Terrigen jinslardagi bo`laklarning o`lchami kichiklashib borgan sari
kirituvchanlik ham pasayib boradi. Bunga bo`laklarning kichrayib borishi tufayli
solishtirma yuzaning oshishi sabab bo`ladi. Natijada oqimga bo`lgan qarshilik
ortadi.
Qumtoshlarning kirituvchanligi g`ovakligiga qaraganda kuchli o`zgaruvchan
bo`ladi. Bunga ikki sabab bor. G`ovaklik bo`shliqlari yuzasidagi notekisliklar ham,
oqim o`tadigan ikki nuqta orasidagi masofa ham oqimga qarshilik qiladi. Bu
xususiyatlardan birining yoki ikkalasining birgalikda o`zgarishi, g`ovaklik qiymati
o`zgarmaganda ham, kirituvchanlikning o`zgarishiga olib keladi.
Erosti suvlari joylashish sharoitlari bo`yicha sizot, grunt va qatlam suvlariga
bo`linadi. Qatlam suvlari esa o`z navbatida bosimli va bosimsiz turlarga ajratiladi.
Dostları ilə paylaş: