Artezian suvlarining rejimi deyarli doimiy bo`ladi. Pezometrik sathi fasllar
bo`ylab kam o`zgaradi, suvi tozaligi bilan farq qiladi. Bosimli qatlam suvlari
artezian havzalari deb nomlanuvchi keng maydonni qamrab oladi.
Erosti suvlari doim harakatda bo`ladi va gravitatsiya qonunlariga muvofiq
holda oziqlantirish viloyatlaridan sarf bo`lish joylari tomon asta-sekin oqadi.
Ularning harakati suv o`tkazuvchi jinslar orqali filtratsiya (sizib o`tish)
xarakteriga ega bo`ladi. Odatda erosti suvlari bir-biriga parallel yo`nalishda
g`ovaklar va keng bo`lmagan darzliklar bo`ylab harakatlanadi.
Bunday harakat
laminar harakat
deyiladi. Ba`zan erosti suvlari karst bo`shliqlari bo`ylab
harakatlanganda ularning harakati daryo oqimlaridagidek turbulent xususiyatga
ega bo`lishi mumkin.
Qumli jinslarda erosti suvlarining harakat tezligi 0,5 dan 12 m/sut gacha,
graviy va g`o`laktoshlarda 20-30 m/sut, karstlashgan
ohaktoshlarda esa oshib,
sutkasiga 100 m ga etishi mumkin.
Erosti suvlarining suv sarfi (drenaj) tabiiy sharoitlarda buloqlar va
chashmalar shaklida amalga oshadi. Odatda ular daryo vodiylarida, jarlarda, ko`l
va
dengizlarning sohillarida, relefning boshqa pastkamliklarida joylashgan
bo`ladi.
Toshkent mineral suvi sinklinal strukturani tashkil etuvchi bo`r
davri
qumlaridan (1800-1850 m chuqurlikdan) bosim tufayli otilib chiqadi.
Dostları ilə paylaş: