244
tarbiyalanuvchilarni sog‘lom ovqatlantirish xizmatini muassasa oshxonasining
o‘zida to‘liq va sifatli tashkil etish;
yuridik shaxsning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma
nusxasini tanlov komissiyasiga taqdim etish;
tanlovda qatnashish uchun ariza berish kunidan kamida bir oy oldin tegishli
tashkilotlardan soliq qarzdorligi, to‘lovlar, boshqa majburiy to‘lovlar va moliyaviy
sanksiyalarning yo‘qligi to‘g‘risida yozma ma’lumotlarni taqdim qilish;
o‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi tomonidan belgilangan
texnik vazifalar asosida autsorsing usulida muassasada sog‘lom ovqatlantirishni
tashkil etish loyihasini ishlab chiqish va taqdimotini o‘tkazish;
taomlar tayyorlash texnologiyasi bo‘yicha mutaxassislar (injener-texnolog,
diyetolog, oshpazlar malaka razryadlari) bilan ta’minlash;
sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga amal qilinishini
ta’minlash tadbirlarini amalga oshirish;
taomnomalar, tayyor taomlarning vazni, narxi, tarkibidagi mahsulotlar miqdorlari,
texnologik kartalarning mavjudligini ta’minlash;
bitta tarbiyalanuvchi uchun yil davomida sarflanadigan mablag‘ miqdorini
ko‘rsatish;
taom tayyorlash uchun sarflangan xarajatlarni (oshxona va oshxona jihozlarini
ta’mirlash, xodimlar ish haqi, inventarlar, oshpazlar uniformasi, oshxonada
ishlatiladigan zararsizlantirish va yuvish vositalari, olinadigan sof foyda) qoplash
uchun ustama miqdorlarini ko‘rsatish (foizda);
umumiy ovqatlanishni tashkil qilish sohasidagi ish tajribasi hamda bo‘sh aylanma
mablag‘lari mavjudligi;
Autsorserlarga texnik vazifalardan, muassasaning hududiy joylashuvi va
ixtisoslashuvidan kelib chiqib boshqa majburiyatlar ham yuklanishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: