Тема: мухандимтлик графикаси фанини ўҚитишда янги педагогик технологиялардан фойдаланиб ўҚитишнинг аҳамияти


I.BOB Yangi pedagogik texnologiya tushunchasi, uni yuzaga kelishi va ularni



Yüklə 0,91 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/31
tarix26.11.2023
ölçüsü0,91 Mb.
#135522
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31
4417968b-1de4-4e0e-9900-bfff24391ae2

I.BOB Yangi pedagogik texnologiya tushunchasi, uni yuzaga kelishi va ularni 
darslarda foydalanish 
1.1.Yangi pedagogik texnologiya tushunchasi, uni yuzaga kelishi va 
qo`’llanilishi 
O`zbekiston Respublikasining “Ta`lim to`gshrisida”gi va “Kadrlar 
tayyorlash milliy dasturi to`grisida”gi konunlari asosida mamlakatimizdagi ta`lim 
muassasalarida ta`lim-tarbiya ishlarini tubdan yaxshilash ishlari tobora avj 
olmokda. Jumladan ta`lim-tarbiya usullarini takomillashtirish, yangilarini izlab 
topish va ulardan samarali foydalanish masalalariga katta e`tibor karatilmokda. 
xozirgi kunda ta`lim-tarbiya jarayonida metodika iborasi bilan birga pedagogik 
texnologiya iborasi xam keng ko`llanilmokda. Albtta bu ibora (atama) larning 
o`xshash va farkli tomonlari mavjud. Ularning umumiy o`xshashalik tomoni 
shundaki, xar ikkala atama xam ta`lim-tarbiya berish ishlarini amalga oshirish 
jarayonini ifodalaydi. Shu bilan birga metodika deganda o`kuv jarayonini tashkil 
etish va o`tkazish bo`yicha tavsiyalar yigindisi tushunilsa, pedagogik 
texnologiyaga o`kituvchining kasbiy faoliyatini yangilovchi va ta`limda yakuniy 
natijani kafolatlaydigan tadbiralar yigindisi, majmuasi sifatida karalmokda. 
Bundan ko`rinadiki, pedagogik texnololgiyaga metodikaning yangi, o`rgatuvchi 
bilan o`rganuvchining o`zaro birgalikdagi faoliyatiga asoslanagan sohasi sifatida 
qarash mumkin. 
Umuman olganda “texnologiya” so`zi ishlab chiqarish va texnika taraqqiyoti bilan 
bogliq xolda fanda 1870 yillarda qo`llanila boshlanagan. “Texnologiya” – 
yunoncha so`z bo`lib, “techne” – mahorat, sa`anoat hamda “logos” – tushuncha, 
ta`limot so`zlarining birikmasidan hosil bo`lgan. “Texnologiya” atamasi dastlab 
ishlab chiqarish sohasida qo`llanilgan bo`lib, unga materiallarga, yarim tayyor 
maxsulotlarga ishlov berish, ularning tarkibini, xususiyatlarini, ko`rinishini, 
tayyorlanishini, qo`llanish sohasini o`zgartirish yo`llari haqidagi fan sifatida 
qaralgan.
Ta`lim sohasidagi ishlarni texnologiyalashtirish goyasi esa dastlab o`tgan 
asrning boshlarida AQSh va Garbiy evropada yuzaga kelgan bo`lib, bunga o`sha 


paytlardagi ta`lim tizimini isloh qilish, ta`lim samaradorligini va shaxsning 
ijtimoiy faolligini oshirish uchun shart-sharoitlar yaratish bo`yicha olib borilgan 
harakatlar sabab bo`lgan. Bu goya 30-yillarda ta`lim jarayoniga texnika vositalarini 
olib kirish bilan “ta`lim texnikasi” yoki “ pedagogik texnika” atamasi bilan 
izohlanagan hamda “o`quv mashgulotlarini aniq va samarali tashkil etishga 
ko`maklashuvchi usul va vositalar yigindisi” tarzida talqin qilingan. Bunda ta`lim 
jarayoniga o`quv va laboratoriya jihozlarini olib kirish hamda ulardan unumli 
foydalanish, o`quv materialining mazmunini ko`rsatmali qurollar yordamida 
tushuntirish kabi usullarni qo`llash ta`lim samaradorligini oshiradigan asosiy 
omillar deb xisoblanagan. 
50-yillarga kelib esa ta`lim jarayonida texnik vositalarni qo`llashga yanada 
e`tibor kuchaydi, bunda texnik vositalarni qo`llash orqali ta`lim oluvchilarga
ko`proq axborotlarni etkazishga, o`qitish ishlarini individuallashtirishga ahamiyat 
berildi. Natijada “ta`lim texnologiyasi”ning tashkiliy tomonlari va yo`nalishlari 
ma`lum darajada asoslandi, o`quv jarayonini “texnologiyalashtirish” ishlariga 
ayrim aniqliklar kiritildi.
60-yillarning boshida dasturlangan ta`limni yuzaga kelishi yoki ta`limni 
dasturlash asosida o`quv jarayonini tashkil etish sohasidagi ishlarning amalga 
oshirilishi “texnologiya” tushunchasining mohiyatini kengaytirdi. 
Shunday qilib, 1970 yilgacha pedagogik texnologiyaga o`quv jarayonini texnik 
vositalar bilan amalga oshirish deb qarab kelindi. 1970 yilda yapon olimi 
T.Sakamoto: “O`qitish texnologiyasi – o`qitishning maxbulligini ta`minlovchi
yo`l-yo`riqlar tizimi bilan bogliq bilimlar sohasi”, - deb ta`rifladi. Bu haqda rus 
tadqiqotchilaridan 
N.F.Talizina: 
“Pedagogik texologiyaning mohiyati – 
belgilanagan o`quv maxsadiga erishishning oxilona usullarini aniqlashdan iborat”; 
I.Ya.Lerner: “Pedagogik texnologiya – o`quvchilar xarakatlarida aks etgan o`qitish 
natijalari orqali ishonchli, anglab olinadigan va aniqlanadigan maxsadni 
ifodalashni taxozo etadi”; V.P.Bespal`ko esa “Pedagogik texnologiya – o`qituvchi 
maxoratiga bogliq bo`lmagan xolda pedagogik muvaffakiyatni kafolatlay oladigan 
o`quvchi shaxsini shakllantirish jarayonining loyixasidir” , - degan fikrlarni 


bildirganlar. Bunday misollar ko`p. Ulardan yana ayrimlarini keltiramiz. Jumladan, 
pedagogik texnologiyaning moxiyati xaqida I.P.Pidkasistiy: “Avvaldan berilgan 
tavsifga ko`ra asoslangan didaktik jarayonlarning joylashtirilishi bo`yicha ishlab 
chiqilgan maxbul tizim va tamoyillar moxiyatini belgilovchi ilmiy tadqiqot va 
didaktikaning muayyan yo`nalishi”; V.A.Selastyonin: “Pedagogik xarakat 
muvaffakiyatini kafolatlash maxsadida ishlab chiqilgan qat`iy ilmiy loyixa”; 
B.T.Lixachyov: “O`qitish (ta`lim) jarayonining shakl, metod, usul, yo`l hamda 
tarbiyaviy vositalarining maxsus yig`indisi va joylashuvini belgilab beruvchi 
psixologik tartiblar majmui, tashkiliy-uslubiy vositalari”; M.V.Klarin: “Pedagogik 
maxsadlarga erishish yo`lida foydalaniladigan barcha shaxsiy, uskunali va 
metodologik vositalarning tizimli yigindisi va ularning amal qilish tartibi”; 
A.Kushnir: “Muayyan vaziyatlarda pedagogik masalalarni echishning optimal 
usuli”; V.V.Yudin: “Aniq natijani qo`lga kiritishga yo`naltirilgan aniq faoliyat”;
I.P.Volkov: “Kutilayotgan natijaga erishish jarayonining tavsifi” kabi fikrlarni 
bildirganlar. Xalkaro YuNeSKO tashkiloti tomonidan esa pedagogik texnologiya 
tushunchasiga kuyidagicha ta`rif berilgan: “Ta`lim shakllarini takomillashtirish 
vazifasini ko`zlagan o`qitish va boshqalarni o`zlashtirishning barcha jarayonlarini 
texnika va inson omillarida, ularning birgalikdagi xarakatlari vositasida yaratish, 
tatbiq etish va aniqlashning izchil metodi”. 
Mustaqillik yillarida respublikamizda ta`lim sohasida katta o`zgarishlar yuz 
berdi. Jumladan, “Ta`lim to`grisida”, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi 
to`grisida”gi qonunlar asosida Davlat ta`lim standartlari, tayanch o`quv dasturlari, 
ko`plab darslik va boshqa qo`llanmalar yaratildi hamda yaratilmoqda. 
Respublikamizdagi bir qator tadqiqotchi-pedagog olimlar tomonidan o`quv 
jarayoniga pedagogik texnologiyalarni olib kirish masalalari ham atroflicha 
o`rganib kelinmoqda. Xususan, pedagogik texnologiyalarning moxiyatini 
respublikamizdagi pedagog-olimlardan B.L.Farberman: “Ta`lim jarayoniga 
nisbatan o`ziga xos yondashuv; ijtimoiy-muxandislik tafakkurining pedagogik 
ifodasi, texnokratik ongning pedagogikaga ko`chirilgan tasviri, ta`lim jarayonining 
muayyan standarti”; N.Saidaxmedov: “O`qituvchining o`qitish (tarbiya) vositalari 


yordamida o`quvchilarga muayyan sharoit va izchillikda ta`sir ko`rsatish hamda 
mazkur faoliyatning maxsuli sifatida ularda oldindan belgilangan sifatlarni 
shakllantirish jarayoni”; U.N.Nishonaliev: “Didaktik maxsad, talab etilgan 
o`zlashtirish darajasiga erishish, ta`lim jarayonini avvaldan loyixalashtirish” – deb 
ifodalashga xarakat qilganlar.
Yukoridagilardan ko`rinadiki, turli tadqiqotchilar tomonidan pedagogik 
texnologiya tushunchasi turlicha ta`riflangan bo`lsa ham ularning pirovard 
ma`nosi bitta, ya`ni bugungi kunda pedagogik texnologiya tushunchasi 
o`quvchi(o`rganuvchi)larga ta`lim berish, ularni tarbiyalashda qo`llaniladigan, 
ta`lim jarayonida ularning bilish faoliyatini faollashtiradigan usul va vositalar 
majmui hamda ularni amalga oshirish tartibini belgilovchi tizim sifatida namoyon 
bo`lmoqda. Yana ham soddaroq kilib aytadigan bo`lsak, yangi pedagogik 
texnologiya qanday qilib, qanday usullar bilan o`qitilsa natija yaxshi bo`ladi, degan 
savolga javob beradi. Yangi pedagogik texnolgiyalarning asosida o`qituvchining 
o`quvchilar bilan o`zaro hamkorligi va harakati yotadi. Sinf (gurux)da psixologik 
birlik vaziyatini yaratish, har bir o`quvchi (o`rganuvchi)ning o`z shaxsini, o`z 
imkoniyatlarini namoyon etishini ta`minlash, ular bilan muloxot qilishning o`ziga 
xos yondashuv yo`llarini topish, ularning tashabbuskorligini boshqarish 
o`qituvchining kasbiy mahoratiga bogliq. O`qituvchi har bir o`quvchining qalbiga 
etib borishi uchun o`zining didaktik usullarini, tashkiliy shakllarini to`gri yo`lga 
sola olishi kerak. Natijada darsda o`quvchilarning faoliyatini faollashtirishga
nafaxat o`qituvchi, balki o`quvchilaring o`zlari ham xissa qo`sha oladilar. Bunda 
avval a`lochi o`quvchilar, keyin boshqa o`quvchilar o`qituvchining topshirikini 
qanday bajarganliklarini aytib, qolgan o`quvchilarni ham faollikka undaydilar. 
Pedagogik texnologiyaning boshqaruvchanligi shundan iboratki, bunda ta`lim 
jarayonini rejalashtirish bilan birga uni tashxis qilish, natijalarni taxlil qilish va 
ularga tuzatish kiritish imkoniyatlari mavjud. Bunda ta`limdan kutilgan natijaga 
erishiladi, bu esa pedagogik texnologiyaning samaradorligi demakdir. 
Shuni aloxida qayd etish kerakki, keyingi paytda respublikamizda ta`lim 
jarayoniga pedagogik texnologiyalarni joriy etish bo`yicha jiddiy ilmiy-pedagogik 


tadqiqotlar olib borilmoqda. Natijada bu sohada bir qator nomzodlik va doktorlik 
dissertatsiyalari yoqlandi, monografiya va boshqa qo`llanmalar yuzaga keldi. 
Bularga, jumladan, O.Rozikov va bosh. “Ta`lim texnologiyasi” (-T., “O`kituvchi”, 
1999), M.Ochilovning “Yangi pedagogik texnologiyalar” (-karshi, “Nasaf”, 2000), 
J.Tolipova 
va A.Gofurovning “Biologiya ta`limi texnologiyalari” (-T., 
“O`kituvchi”, 2002), N.Saidaxmedovning “Yangi pedagogik texnologiyalar 
(nazariya va amaliyot. –T., “Moliya”, 2003), J.Yo`ldoshev va S.Usmonovning 
“Pedagogik texnologiya asoslari” (-T., “O`qituvchi”, 2004), O`.Tolipov va 
M.Usmonboevaning “Pedagogik texnologiyalarning tatbiqiy asoslari” (-T., “Fan”, 
2006) kabi qo`llanmalari; O`.Tolipov va M.Usmonboevaning “Pedagogik 
texnologiya: nazariya va amaliyot” nomli monografiyasi (-T., “Fan”, 2005) va 
boshqa shu kabi adabiyotlarni kiritish mumkin.
Mazkur soxada amalga oshirilayotgan ayrim ishlar respublikamizdagi 
ko`pgina ta`lim muassasalarida o`tkazib kelinayotgan anjumanlarda xam 
muxokama etilib, pedagogik texnologiyalardan foydalanishning nazariy va amaliy 
masalalariga e`tibor karatilmokda. Shuningdek, respublikamizda faoliyat 
ko`rsatayotgan jurnal va gazetalarda ham bu sohada olib borilayotgan ishlar keng 
yoritib kelinmoqda.
Pedagogik texnologiyalardan foydalanish bo`yicha respublikamizda bir 
qator ijobiy ishlar amalga oshirilgan, muayyan tajribalar to`planagan bo`lsa-da, bu 
sohada ayrim muammolar ham mavjud. Eng avvalo shuni ta`kidalash zarurki, 
pedagogik texnologiya tushunchasi va undan foydalanish goyasi hali barcha ta`lim 
beruvchilarning ma`naviy mulkiga aylanib ulgurgani yo`q. Shundan kelib chiqib, 
xususiy fanlarni o`qitish ishlari jarayonida pedagogik texnologiyalardan sust 
foydalanilmoqda, pedagogik texnologiyalardan foydalanish bo`yicha to`plangan 
umumiy tajribalar xususiy fanlarni o`qitish jarayoninga sekinlik bilan joriy 
etilmoqda. Tarbiya texnologiyalarini ishlab chiqish ishlari ham juda sekinlik bilan 
bormoqda. 
Hozirgi ta`lim jarayonida kom`yuter texnikasidan foydalanib, darslarda slaydlar, 
virtual ma`ruzalar, mul`timedialar namoyish etilmoqda. Bu esa o`z navbatida 


bunday ekran qo`llanmalarini yaratishga va ulardan foydalanishga nisbatan 
qo`yiladigan uslubiy, tashkiliy, sanitariya-gigiena qoidalarini, talablarini ishlab 
chiqishni hamda amalga joriy etishni talab qilmoqda. Bundan tashqari xozir 
o`qitish ishlarida “Zamonaviy texnologiya”, “Yangi pedagogik texnologiya”,
“Pedagogik texnologiya”, “O`qitish texnologiyasi”, “Ta`lim texnologiyasi”,
“Noan`anaviy usul” kabi atamalar keng qo`llanilmoqda. Xususiy xollarda bu 
atamalar o`ziga xos ayrim ma`nolarni bildiradi. Masalan, “Pedagogik texnologiya” 
– umumiy nomni bildirsa, “Ta`lim texnologiyasi” – uning ilmiy yo`nalishini, 
“O`qitish texnologiyasi” esa amaliy yo`nalishini ifodalaydi. qolganlari esa 
xosilaviy atamalardir. Mazkur atamalarni umumlashtirib, ta`lim (o`qitish) ning faol 
(yoki faollashtirilgan) usullari deb aytish mumkin. Chunki mazkur atama va 
nomlar qanday aytilishidan qat`iy nazar, ularning zamirida o`quvchilarga bilim 
berish, ularni tarbiyalash ishlarini faollashtirish masalasi yotadi.
O`ylaymizki, mazkur muammolarni ijobiy hal qilish ta`lim-tarbiya ishlarining 
kelgusidagi samaradorligini oshirishga, demakki, barkamol avlod va etuk 
mutaxassislarni tarbiyalashdagi muxim omillardan bo`lib xisoblanadi. 



Yüklə 0,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin