FSMU – TeXNOLOGIYaSI
TReNING HAQIDA TUShUNChA
Ushbu texnologiya munozarali masalalarni hal etishda, bahs – munozaralar
o`tkazishda yoki chizmalar chizish yakunida (tinglovchilarning o`quv-chizma,
haqida fikrlarini bilish maqsadida), yoki o`quv rejasi asosida biron bo`lim o`rganib
bo`lingach qo`llanilishi mumkin, chunki bu texnologiya tinglovchilarni o`z fikrini
himoya qilishga, erkin fikrlash va o`z fikrini boshqalarga o`tkazishga, ochiq holda
bahslashishga, shu bilan qatorda o`quvchi-larni, o`quv jarayonida egallangan
bilimlarini taxlil etishga, qay darajada egallaganliklarini baholashga hamda
tinglovlarni bahslashish madaniyatiga o`rgatadi.
TARQATMA MATeRIALLARNING TAXMINIY NUSXASI
FSMU – TeXNOLOGIYaSI
(F) – Fikringizni bayon eting.
(S) – Fikringiz bayoniga biron sabab ko`rsating
(M) – Ko`rsatilgan sababni tushuntiruvchi
(isbotlovchi) misol keltiring
(U) – Fikringizni umumlashtiring
FSMU – TEXNOLOGIYASI
F
S
M
U
O`quvchilarni baholash:
1.
2.
3.
Darsni yakunlash: Ish joyini yig`ishtirish tayyor chizmalarni yig`ish tayyor
bo`lmaganlarini tayyor holatga keltirishga vazifa etib berish. O`quvchilarning uyda
o`zlari mustaxil texnik rasm chizish mashqini bajarishini vazifa etib berish.
Xulosa
Bu malakaviy bitiruv ishini yozishda xulosa qilib aytganda, maktablardagi
mehnat ta`limi jarayonida, ishlab chiqarish va ularning rivojlanishini chizmasiz
tasavvur etish qiyin. Yangi ixtiro qilinayotgan buyumlar, mashinalar va inshoatlar
ma`lum g`oya asosida muxandis yoki yaratuvchi hayolidan qag`ozga eskiz sifatida
ko`chadi, keyin bu eskizlar bo`yicha ish chizmalari bajariladi. Chizmalar bo`yicha
ularning afzalliklari, kamchiliklari aniqlanadi va loyihaga tegishli tuzatishlar
kiritiladi. Bu chizmalar asosida buyumlar ishlab chiqariladi, tekshiriladi va
ta`mirlanadi.
Chizma geometriya fanining asosiy maqsadi narsalarni tekislik ustida tasvirlash
va bu tekis tasvirlar bo`yicha narsalar orasidagi pozitsion va metrik munosabatlarni
aniqlash usullarining nazariy asoslarini o`rgatish, talabalarning fazoviy tasavvurini,
ijodiy fikrlash qobiliyatini shakllantirish va o`stirishdan iborat bo`lsa, muxandislik
grafikasi
- bu buyumlarni tekislikda tasvirlash masalalarini o`rganuvchi fan bo`lib, uning
asosiy vazifalari quydagilarda ifodalanishini kuzatdim:
Murakkab bo`lmagan buyumlarni kompleks chizmada va aksonometrik
proektsiyalarda tasvirlashni o`quvchilarga pedagogik texnologiya asosida o`rgatish
yo`llarini, o`quvchilarni faollashtirish, bir-birining fikrlarini hurmat qilish yo`llarini,
ularni nazarat qilish, baholash va yakuniy xulosa chiqarish yo`llarini o`rgandim.
Yig`ish chizmalari va sxemalarini o`qish hamda chiza olish ko`nikmalarini
shakllantirishni o`rgandim.
Chizmani o`kish, ya`ni buyumlarning shaklini va o`lchamlarini ularning
chizmalari bo`yicha fikran tasavvur qilish malakasini hosil qilish yo`llarini
o`rgandim.
Fazoviy jismlar orasidagi pozitsion va metrik munosabatlarni aniqlashning
grafik usullarini o`rganish.
Jismlar va sxemalarga qo`yilgan KXYaS eSKD va davlat standartlarining
asosiy qoydalari bilan tanishtirishni o`rgandim.
Chizma chizish texnikasi va malakasini o`zlashtirish hamda o`zida
shakllantira olish. usullarini oshishni o`rgandim.
Turmush va texnikadagi yoritilayotgan har qanday yangilikning dastlab
chizmasi bajariladi. Ushbu chizma asosida yangilikning afzalligi, kamchiligi
aniqlanadi va loyihaga tuzatishlar kiritiladi. Talaba dars jarayonida yoki turmushda
o`zi foydalanadigan texnik vositalarning ishlash printsipini, ta`mirlanish jarayonini
mukammal bilishi uchun uning chizmasini o`qiy olishi kerakligini bilib oldim.
Chizma geometriya va muxandislik grafikasi fanidan talabalar proektsiyalash
usullarining mohiyatini, geometrik obrazlar orasidagi metrik va pozitsion
munosabatlarning umumiy, xususiy va yordamchi usullarda tekshira olishni
o`rganadim va bularni maktablarda yoki pedagogik kollejlarda ish faoliyatimda
qo`llanaman deb o`ylayman..
|