Alaf puli — O`rta Osiyo xonliklarida yaylov, bedazor, mevali bor va uzumzorlardan
olinadigan soliq.
Bazzoz — ip — gazlama bilan savdo qiladigan do`kondor qadimda bunday do`kondorlar
O`rta Osiyo bozorlarida ko`p bo`lgan. Bazzozlar gazlamalarni ot — aravalarga ortib, uzoq
qishloqlarga olib borib sotishgan.
Bakovul — turli davrda turli xil ma`nolarni anglatgan 1.XVI — XIX asrlarda belgilangan
joylarda savdogarlarning tamg’a, ya`ni boj solig’ining to`plab o`tishlari ustidan nazorat qilib
turgan kichik mansabdagi harbiy xizmatchi,
2.XV asrdan boshlab podsho, xon va lashkarga ovqat tayerlash ustidan nazorat qilib
turuvchi harbiy mansabdor. Lashkarga maosh va ulufa, ya`ni oziq-ovqat taqsimlash ham
bakovullar zimmasiga yuklatigan. Ular bovurchilardan bir daraja YUqori hisoblangan,
3. XVIII — XIX asrlarda va XX asrning birinchi choragida hozirgi Buxoro, Samarqand,
Qashkadaryo va Surxondaryo viloyatlari hududlarida tuylarda taom tayerlovchi pazanda ham
bakovul deb atalgan. Pazandalar ustidan nazorat qilib turuvchi shaxs esa bakovulboshi deb
atalgan,
4.Hozirgi kunda respublikamizning Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlari to`ylarida
kurash, uloq (ko`pkari), poyga musobaqalarini boshqaruvchilar, hamda tuylarda taom tayerlash
ustidan nazorat qiluvchi kishilarni ham bakovul deb atashadi.
Avorizot — XIII asrdan O`rta Osiyoda mavjud bo`lib, er egasi yoki hokimning xo`jaligida
ishlab berish majburiyati.
Arbobona — Buxoro amirligida arboblar foydasiga xalqdan yig’ib olinadigan soliq.
Og’irlik va uzunlik o`lchov birliklarini ifodalovchi atamalar.
28
Barid — 1 CHopar, xat eltuvchi, pochtal’on, 2 XIV — XVI asrlarda O`rta Osiyo
xalqlarida keng qo`llanilgan masofa o`lchovi bo`lib, ikki farsax, ya`ni taxminan o`rtacha 12 km
ga teng yo`l bo`lgan.