tuman, minglik esa
— xazora, yuzlik —
xushun, unlik esa —
xayl deb nomlangan. Ularga boshchilik
qilgan lashkarboshilar esa
tuman ogasi, mirikazora, qo`shinboshi, aylboshi deb yuritilgan
Amir — Mo`g’ullar istilosidan so`ng Oltin Urda, keyin O`rta Osiyo va eronda mug’ul va
turk qabilalari birlashmasi — ulus boshlig’ining unvoni ham amir deb atalgan. Sohibqiron
Temurning unvoni ham amir bo`lib, tarixda Amir Temur deb yuritilgan. XVIII asr oxiridan
boshlab, Buxoroda mang’it sulolasiga mansub bo`lgan hukmdorlar ham o`zlarini amirlar deb
yuritishgan.
Amirlik — musulmon mamlakatlarida amir tomonidan boshqariladigan mamlakat
XVIII asrning o`rtalaridan boshlab Buxoro xonligi Buxoro amirligi deb yuritilgan.
Xon — turkiy xalqlar va mo`g’ul hukmdorlarining unvoni. Dastlab qabila boshlig’i,
keyinchalik oliy hukmdorni anglatgan. Saljuqiylar va xorazmshoxlar davrida viloyat yoki shahar
hokimi, mo`g’ul feodal imperiyasida ulus boshlig’i davlatlarda oliy hukmdor xon, podshoxlik
qilmagan. CHingiziylarda esa sulton deb yuritilgan Qo`qon, Buxoro (1753 yilgacha) va Xiva
xonligida hukmdorlar o`zlarini xon deb ataganlar.
Xonlik — xon tomonidan boshqariladigan davlat. O`rta Osiyoda XVI asr oxirida ikkita
xonlik — Buxoro va Xiva xonligi vujudga kelgan. XVIII asrda Qo`qon xonligi vujudga kelgan.
XVIII asr oxirning oxirgi choragidan Buxoro —amirlik deb yuritilgan.
Munshi — O`rta Osiyo xonliklari davrida xonlar yoki ayrim hokimlarning shaxsiy kotibi.
Munshi lavozimiga odatda, ma`lumotli va chiroyli ezadigan kishilargina olingan. Munshilar olim
va fozil kishilar bo`lganligi uchun oddiy kotiblardan farq qilgan. Ular zimmasiga xon va
amirlarning maktub va farmonlarini yozish yuklatilgan. Tarixiy asarlarning aksariyati ana shu
25
munshilar qalamiga mansub. Munshi lavozimida bo`lgan kishilar munshi so`zini taxallus sifatida
o`z nomlari ketiga qo`shib qo`yganlar.