Namangan davlat universiteti



Yüklə 0,73 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə28/73
tarix26.11.2023
ölçüsü0,73 Mb.
#135856
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   73
13. Tarixiy atama maruza

Beklarbegi
— O`rta Osiyoda mavjud bo`lgan yuqori ma`muriy unvon va lavozim Viloyat, 
katta shaxdr xdkimlari ana shu unvonga ega bo`lishgan. Bu unvon ko`chmanchi xalqlar orasida 
ko`p ishlatilgan. Beklarbegi lavozimi O`rta Osiyoda XIX asr oxirigacha saqlangan. 
Beklarbegining asosiy vazifasi soliq va turli boshqa feodal majburiyatlarining o`z vaqtida
to`lanishini ta`minlash xon farmonlarini amalga oshirish tegishli masalalarni biy, otalilar, 
oqsoqollar kengashi bilan kengashib xal etishdan iborat bo`lan. Beklarbegilar qo`l ostidagi 
viloyatlarda alohida vazir shayxulislom, sadr, jonishin (beklar begining muovini) kabi mansablar 
ham bo`lib, ular bevosita beklar begiga bo`ysunganlar.
Amiri lashkar —
Temuriylar davlatida keng tarqalgan eng yuqori oliy harbiy unvon. 
Keyinroq XIX asrda Qo`qon xonligida ham 0liy Bosh Qo`mondonga nisbatan ushbu unvon 
qo`llanilgan 
Qushbegi
— XV — XVI asrlarda podshox va xonlar qushxonasining mutassadisi bo`lgan. 
Uning zimmasiga ovni tashkil qilish va o`tqazish vazifalari yuklatilgan. 
Qozikalon
— Buxoro amirligidan dindorlar va mullaarning boshlig’i, ya`ni raisi bo`lgan. 
SHu bilan birga bu davrda barcha musulmon davlatlarida bo`lgani kabi, Buxoroda ham xuquq 
masalalari dinga qarashli bo`lib dindorlar qo`lida ekanligi sababli qozikalon barcha xuquq 
masalalari va armiya ma`muriyatining ham raisi hisoblangan. 
Parvonachi —
XVII — XVIII asrlarda Buxoro xonligida mavjud bo`lgan mansab, vazir 
muovini, farmon ijro qiluvchi. Parvonachi xon farmonlarini yozib tegishli kishilarga etkazib 
turgan. YUqori mansabga tayinlangan amaldor parvonachi tomonidan bitilgan farmonni uch kun 
mobaynida o`z sallasiga qistirib yurishlari lozim edi. 
To`qsabo
— harbiy unvon XVI — XVIII asrlarda O`rta Osiyo xonliklarida xon bayrqg’ni 
qo`riqlagan maxsus harbiy qism boshlig’i. XIX asrda umuman bir polkdan iborat bo`lgan harbiy 
qism boshlig’i. 
Nozir
— o`rta asrlarda O`rta Osiyo xonliklarida saroy ta`minoti va uning xarj qilinishini 
nazorat qilib turuvchi mansabdor. XX asr boshlarida Buxoro va Xorazm Xalq Respublikalarida 
savdo, sanoat, harbiy va boshqa sohalar bo`yicha xalq nozirlari tayinlangan bo`lib, ular o`sha 
soha bo`yicha ishning borishiga javobgar shaxs hisoblanganlar. 

Yüklə 0,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   73




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin