31
bo`lganida krepostnoy dehqon xaftaning muayyan kunlarida shaxsiy
mehnati bilan unga tegishli
bo`lgan erni amalda va xuquqiy jixatdan o`ziga tegishli ish quroli yordamida ishlar, xaftaning
qolgan kunlari esa pomeshchik erida pomeshchik uchun ishlab berar edi. Er egasi qo`shimcha
vaqtni o`z foydasiga o`zlashtiradi. Ilk o`rta asr davrida G’arbi Yevropa dehqonlarini barshchina
usulida ekspluatatsiya
qilish kengaya borib, XI — XIII asrlarda ishlab chiqaruvchi kuchlarning
o`sishi va buning natijasida shaharning qishloqdan
ajralib chiqa boshlashi, sinfiy kurashning
keskinlashuvi, dehqonlarning feodal erlaridan shaharlarga va yangi
erlarni qidirib, ommaviy
ravishda boshqa joylarga ketib qolishlari ta`siri ostida obrok sistemasi barshchina sistemasini
siqib chiqara boshladi. Ishlab berish rentasi oziq-ovqat rentasi bilan, so`ngra esa pul rentasi bilan
almashtirildi. XIV—XV asrlarda Yevropaning ko`pchilik mamlakatlarida feodallarning
dehqonlarga yangi xujumi
boshlanib, feodal zulmi kuchaytirildi va barshchinani qisman tiklash
yo`lida harakat qilindi. Ularning bu urinishlariga dehqonlar bir qator yirik qo`zg’olonlar bilan
javob
berdilar va Angliya, Frantsiya kabi mamlakatlarda feodallar barshchinani qat`iy tiklash
niyatlaridan voz kechishga majbur bo`ldilar. Natijada uzil—kesil obrok sistemasiga o`tdilar.
Dehqonlarni barshchina usulida ekspluatatsiya qilish qoldiqlari Pol’sha, Vengriya va
Ruminiyada XX asrgacha saqlanib qoldi.
Obrok
— feodal er rentasining ikki formasini ya`ni maxsulot (natura obrogi) va pul (pul
obrogi) shakllarini bildirgan atama. Bu ikkala shakldagi obrok ham dehqon xo`jaligida ishlab
chiqariladigai qo`shimcha maxsulotning (yoki uning pul ekvivalentining) feodal tomonidan
o`zlashtirilishini bildiradi.
Dostları ilə paylaş: