Xonliklarning ma`muriy tizimdagi mansablari. Xonliklarda ma`muriy boshqaruv tizimi bilan bog’liq tarixiy atamalar bir—biridan farq
qiladi.
Amir Buxoro amirligining oliy hukmdori, ya`ni cheklanmagan xoqimiyat egasi bo`lgan.
Uning xuzurida ijroiya hokimiyatni saroy a`yonlaridan quyidagilar amalga oshirgan:
Qushbegi — oliy mansab bo`lib, amirdan keyingi birinchi amaldor hisoblangan, ayni
vaqtda amirning o`rinbosari sanalgan. Mang’itlar sulolasi davrida barcha viloyat hokim va
beklari Qushbegiga bo`ysungan, amir poytaxtda bo`lmagan vaqtda u amirlikning barcha ishlarini
boshqargan. Qushbegi, shuningdek, Buxoro viloyatining hokimi ham hisoblangan. Qushbegi
ham poytaxt arkida yashagan. Qushbegi mansabidan keyingisi otaliq bo`lgan.
Amirlikdagi keyingi mansab —
qushbegiyi — poyondir. U, asosan, moliya ishlarini
boshqargan, ayni vaqtda butun amirlik hududidagi zakot yig’uvchilar boshliri hisoblangan. SHu
boisdan ba`zan uni
zakotchiyi — kalon deb yuritishgan.
Amaldori mexmonxona amir kabulxonasidagi ishlarni tashkil etgan.
Dodxox —amir saroyining yuqori lavozimlaridan biri bo`lib, u Buxorodagi YUqori xizmat
doirasida 10—toifadagi amal yoki mansab xigoblangan. U arz, iltimosnomalarni qabul qilib,
ularga yozma va ogzaki javob kaytargan.
Amir saroyining yirik mansabdorlaridan
biri — mirzaboshi devonxona hokimi, mirzalar
boshliri hisoblangan.
Xazinachi – amir xazinasini muxofaza qilgan.
Tashrif buyurgan xorijiy mexmon va elchilarni kutib olish bilan
udaychi shurullangan.
Kutvol — davlat qurilishlariga javobgar shaxs bo`lib, ark qurilishi, qal`a devorlari va
imoratlarini ta`mirlash uning zimmasida edi.
Parvonachi – amir farmonlarini yozib olib, ularni tegishli shaxslarga etkazgan, vazir
muovini sifatida farmon ijrosi bilan shug’ullangan.
Amir oshxonasining bosh oshpazi