55
Tred—yunionlar
(ingl. Trade — xunar, kasb va union — birlashma) — ingliz kasaba
uyushmalari harakatidagi oqim. Asosiy maqsadi hayotning shart—sharoitlarini yaxshilash uchun
kurash.
Neokolonializm
— imperialistik davlatlar va monopoliyalarning imperializmning
mustamlakachilik sistema barbod bulayotgan sharoitda mustamlaka qaramligidan ozod bo`lgan
mamlakatlar ustidan yangi, ancha tadbirli usullar bilan o`z hukmronligini saqlab qolish va bu
mamlakatlar xalqlarini ekspluatatsiya qilishga qaratilgan mustamlakachilik siyosati.
Neokolonializm Osiyo, Afrika, Lotin Amerikasidagi rivojlanayotgan mamlakatlarning xaqikiy
mustaqillik tomon harakatiga, bu mamlakatlarda chet el monopoliyalari mulkining
natsionalizatsiya qilinishiga va iqtisodiyotning davlat sektoriga aylaniiga to`sqinlik qiladi.
Neokolonializm hukmronlikning uslublari rivojlanayotgan mamlakatlarga iqtisodiy va siyosiy
shartlar asosida «yordam» berishni, teng xuquqli shartnomalar va bitimlar tuzishni, bu
mamlakatlarni imperialistik davlatlar homiyligida turli blok va ittifoqlarga tortishni, mustaqil
rivojlanish yo`liga o`tib olgan mamlakatlarning ichki ishlariga aralashish, ko`girchok rejimlar
tuzishni va xokazolarni o`z ichiga oladi.
Dostları ilə paylaş: