59
Restitutsiya
(lot. Restitutio – tiklash) (xalqaro xuquqda) – urushayotgan
davlat
tomonidan dushman hududidan g’ayri qonuniy ravishda bosib olingan va olib chiqib ketilgan
mulkni kaytarib berish. Restitutsiya tartibi tinchlik axdi yoki boshqa xuquqiy aktlar bilan
belgilanadi.
Kontsessiya
(lot Concessio – yon berish) – Davlatga tegishli tabiiy
boyliklar, korxonalar
va boshk.a ob`ektlarni xorijiy davlatlarga, kompaniyalar va ayrim shaxslarga ma`lum muddatga
foydalanishga berish.
Investitsiya –
sarmoyaning biron–bir korxona, ishga uzoq muddatga joylashtirish.
Inflyatsiya
— qog’oz pullarning qadrsizlanish va real tovar taklifiga
nisbatan muomalada
ularning ko`payib ketishi bilan bog’liq bo`lgan qobiliyatning pasayish jarayoni.
SHop-styuardlar
— Angliyadagi fabrikalarda tsex etakchilari, korxonalarda ishchilar
tomonidan saylanadigan vakillar. Turmush darajasini yuksaltirish uchun ommaviy ishchilar
harakatining tashkilotchilari. SHop-styuardlarning xarakatlari tred— yunionlarnikidan ko`ra
keskinroq edi.
Depressiya
(lot. Depiessio – tushkunlik) – ortiqcha ishlab chiqarish inkirozidan so`ng ro`y
beradigan iqtisodiy turgunlik,
tovarlarga talab kamligi, ommaviy ishsizlik bilan tavsiflanadigan
davr.
Konsortsium
(lot. Consortium — qatnashuv, uyushma) — bir necha bank yoki
sanoat
kompaniyalarining karzni birgalikda joylashtirish yoki umumiy qimmat turuvchi loyixani
birgalikda amalga oshirish maqsadida vaqtinchalik kelishuv.
Standardtlashtirish
— xom—ashyo, ishlab chiqarish jarayonlarini, tayyor maxsulotlar va
xokazolarga nisbatan davlat miqyosida yagona, qat`iy belgilangan me`yor va talablarni o`rnatish.
Protektsionizm siyosati
(lot. Protectio — himoya, yashirish) –
ichki bozorni chet
elliklardan eksportni oshirish va importni cheklash, katta bojxona soliqlarini belgilash va boshqa
qator choralar vositasida himoya qilish siyosati.
Embargo
(isp, embargo – xibsga olish) – biror mamlakatdan maxsulotlar, valyuta olib
chiqib ketishni yoki biror mamlakatga maxsulotlar, valyuta olib kirishni ta`qiqlab qo`yish,
shuningdek, ajnabiy davlatga tegishli bo`lgan kemalar, yuklar va boshqa mulklarni ushlab turish.
Urush vaqtida embargodan dushman davlatlarga qarshi iqtisodiy sanktsiya uchun foydalaniladi.
Tinchlik vaqtida davlatlar turli mamlakatlarga iqtisodiy va moliyaviy tazyiq o`tqazish
uchun
embargodan foydalanadilar.
Protektsionizm
(fr. protectionnisme, lot. protectio dan — himoya, homiylik) – davlatning
milliy xo`jalikni chet el raqobatidan muxofaza qilish yo`li bilan uni rivojlantirishga qaratilgan
iqtisodiy tadbirlar sistemasi. Bunga, masalan, chet el maxsulotlariga katta boj solish, o`z
mamlakatining sanoatiga subsidiyalar berish va xokazolar kiradi. Mamlakatga keltiriladigan
60
maxgulotlarga katta boj solib, burjua mamlakatlari ichkarisida monopol—yuqori baholarni
saqlab qolishga va chet elga jahon bozoriga qaraganda ancha past baholarda mahsulot
chiqarishga ko`maklashadi.
Dostları ilə paylaş: