94
-
sexlarni zaruriy materiallar bilan ta`minlash;
-
material texnik resurslardan tejab foydalanishni nazorat qilish;
-
MTT bo’yicha hisobotlar olib boorish.
MTT operativ rejalashtirish tarzida korxona struktura bo’linmalaridan
har kvartal boshlanishidan materiallarga buyurtma yig’iladi,
umumlashtiriladi va kvartallik reja tuziladi va uning asosida ta`minotchi
bilan material resurslar assortimenti va keltirish muddatlari
aniqlashtiriladi.
Kvartallik ta`minot rejasi asosida oylik material keltirish rejalari
tuziladi. Oylik rejalar transport vositalari foydalanish grafigini ishlab
chiqarish uchun asos bo’lib xizmat qiladi.
MTT bo’linmalarining ishlab chiqarish uzluksizligini ta`minlash
borasida
olib boradigan operativ faoliyatida moddiy texnik resurslarni keltirishning
turli manbalarini jalb etishning ahamiyati katta:
-
yetishmayotgan material-texnik resurslarni magazinlar, bazalar,
omborlardan sotib olish;
-
materialni iqtisod qilish bilan bog’liq ichki imkoniyatlarni topish;
-
qayta ishlash – materiallarni yaqinda joylashgan boshqa korxonalarga
topshirib, ulardan zaruriy materiallarni olish;
-
yetishmayotgan detal va bo’g’inlarni korxonaning o’z
kuchi bilan ishlab
chiqarishni yo’lga qo’yish;
-
materiallarni boshqasi bilan almashtirish.
Yirik sanoat korxonalarida (tikuvchilik korxonasida) material omborlarida
materiallarni sex uchastkalarga uzatish uchun tayyorlash ishlari ham amalga
oshiriladi. Buning uchun omborxonalar zaruriy jihozlar bilan ta`minlanadi,
ularning tarkibida markazlashtirilgan bichuv sexi tashkil etadi. Bu
materiallarni iqtisod qilishga, ishlab chiqarish maydonlaridan jihozlardan,
ishchi kuchidan samarali foydalanishga, transport xarajatlarini kamaytirishga,
materiallarni saqlanishini nazorat qilish tizimini
mustahkamlashga olib
keladi.
MTTda qulaylik yaratish uchun iste`mol qilinadigan materiallar turi,
markasi, ishlatilish maqsadiga ko’ra turkumlanadi (indekslantiriladi).
Materiallar markazlashgan yoki maxsus omborxonalarga keltiriladi, so’ngra u
yerdan sex ustaxona omborxonalariga jo’natiladi. Agar material korxonaning
faqat bir bo’limida iste`mol qilinsa, u holda bevosita shu bo’lim
omborxonasiga keltiriladi.
Materiallashgan omborxonalardan materiallar sexlarga oylik buyurtma
bo’yicha nakladnoylar asosida uzatiladi. MTT yaxshi yo’lga qo’yilgan
korxonalarda materiallar limit kartalari asosida ishlab chiqarish dasturi va saf
normalari asosida aniqlangan oylik iste`molning maksimal miqdorini
ko’rsatadi. Unda
limitni belgilagan shaxsning, materialni olishga ruxsat etgan
shaxsning imzosi bo’lib, material olingandan so’ng belgi qo’yiladi. Limitni
belgilashda korxonaning texnik xizmat bo’limlari: texnik bo’lim, bosh
mexanik va energetik bo’limlari ishtirok etadi.
Limit karta nafaqat materiallarni uzatish uchun asos, balki ularni to’g’ri
sarflanishini, belgilangan normalarga rioya qilinishini nazorat qilish hujjati
hamdir. Materiallarni sexlarga uzatishning yana bir ilg’or usullaridan biri
material-reja kartalari bo’yicha tarqatish bo’lib, unda oylik limitni berish
95
bilan bir qatorda uzatish muddatlari bo’yicha taqsimoti ham ko’rsatiladi.
Sexlarga materiallar haqiqiy sarf hamda mavjud qoldiqlarga ko’ra uzatiladi.
Materiallarni
qabul qilish, sarflash to’g’risidagi hisobot korxonaning
struktura bo’linmalaridan boshlanadi; ushbu hisobotlar korxona ta`minot
bo’limlariga ichki ta`minot rejalarini korrektirovka qilish, materiallarni sexlar
bo’yicha ayirboshlash uchun asos bo’lib xizmat qiladi.
Limit kartalar faqat asosiy materiallarga tuziladi, qolgan materiallar
talabnomaga asosan beriladi:
-
zaruriy
hujjatning mavjudligi;
-
materiallarning faqat moddiy javobgar shaxslarga berilishi;
-
materiallarni tarqatishda barcha operasiyalarni zarur hisob hujjatlarida
belgilash;
-
uzatilayotgan materiallarni sifat va miqdor jihatidan nazorat qilish.
Uchastka va ish o’rinlari material resurslar bilan sexdagi omborxonalar
orqali ta`minlanadi.
Ushbu omborxonalar quyidagi vazifalarni bajaradi:
-
korxananing markaziy omborxanasi yoki bevosita ta`minotchilaridan
keltirilgan materialchilarni qabul qilish;
-
ularni saqlash uchun joylashtirish;
-
materiallarni sifat va miqdor jihatdan saqlash uchun sharoit yaratish;
-
materiallarni ishlab chiqarish uchastkasi yoki ish o’rniga uzatish;
-
material sarfi bo’yicha hisobot olib borish.
Materiallarni sex omborxonalaridan ishlab
chiqarish uchastkasi va ish
o’rinlariga uzatish ishlab chiqariladigan mahsulot xarakteri sistemada amalga
oshiriladi. Bulardan keng tarqalgani materiallarni brigadirga topshirish
hisoblanadi. Brigadir esa ishchilarga sarf normalariga asosan tarqatadi.
Korxona ta`minot bo’limlari ishlab chiqarish bo’limlarini material resurslar
bilan ta`minlash bilan cheklanib qolmaydi, ishlab chiqarish zahiralarini
saqlashga ham e`tibor qaratishlari lozim. Zahiralarni nazorat qilib borish,
ularni normativ darajaga yetkazish va shu darajada saqlashni ta`minlash
ta`minot bo’limining funksiyasi hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: