91
Yupqa qatlamli
fotobioreaktorlar
Kultural suyuqlikning butun xajmi bilan samaradorligini oshirish uchun ochiq
tipdagi keng maydonli suv xovuzlaridan kultural suyuqlikning
yupqa qatlamiga
o‗tish sharoitini ko‗rib chiqamiz. Unda butun xajm to‗liq yoritilgan.
42-rasm. Yupqa qatlamli
fotobioreaktorning sxemasi
Yupqa qatlamli uskunaning konstruksiyasi asosida yupqa qatlamda suyuqlik
oquvchi qiya tarnovlar kaskadi qo‗yilgan. Kaskadtushuvchi plenkalar suv o‗tlarini
o‗sitirish uchun mo‗ljallangan.kultural suyuqlikning qalinligi taxminan 0,035m ni
tashkil etadi. Asosan suspenziya apparatning yuqori qismidan naporli truba orqali
nasos
yordamida beriladi, so‗ngra og‗irlik kuchi ta‘sirida quyosh nurlarida yoki
sun‘iy yoritish bilan yaxshi yoritiladigan pastki qismiga beriladi. SHuningdek
fototroflar suspenziyasi tarnovdagi suyuqlikni pastdan
tepaga aralashtiruvchi
shnekli qurilma qurilma yordamida ham berilishi mumkin.
1-chizma. Suv o„tlarini suyuqlikda o„stiruvchi fotobioreaktor
92
Xozirgi kunda fotosintezlanuvchi mikroorganizmlardan biomassa olishda eng
istiqbolli apparat subqlikda o‗stiruvchi fitobioreaktorlardir.
Bu apparatning ishlash prinsipi juda oddiy. Mikroorganizmlar yoki suv o‗tlari
suspenziyasi reaktorning yopiq xajmida sun‘iy yoritgichar bilan ishlab beriladi. Turli
tuzilishga ega bo‗lgan aralashtirgichlar yordamida massaalmashinuv amalga oshadi.
YOritish va aralashtirish turlicha tashkillangan bo‗lishi mumkin.
Suv o„tlarini suyuqlikda o„stiruvchi fotobioreaktor
Bu uskuna silindirsimon sig‗im shaklida yasalgan bo‗lib yuqoridagi qopqog‗iga
shaffof ―stakan o‗rnatilgan, unga yorug‗lik manbai joylashtirilgan. Fotobioreaktorga
xavo va uglerod ikki oksidini
berish barbaterlar yordamida, fototroplar suspenziyasini
aralashtirish kuraksimon aralashtirgichlar yordamida amalga oshiriladi. Qurilmaning
konstrutsiyasi yorug‗lik uzatgichlarni yorug‗lik manbai
sifatida foydalanishaga
asoslangan.
Bu qurilmada yorug‗lik uzatish zonasi va fototrof mikroorganizmlar xujayralari
tomonidan uglerod ikki okisidining adsorbsiyasi prinsipi mujassamlashgan.
Bunday texnik echim suspenziyaning yoritilgan qatlamini qayta-qayta
yangilanishi hisobiga fotosintezlanuvchi hujayralarning o‗sishini jadallashtiradi,
gazli
fazanining minimal miqdorida kulturalash, reaksiya muxitiga turli spektral
xarakteristikali nurli energiya kiritib yuqori darajada yoritish imkonini beradi.
Fotobioreaktorga uglerod ikki oksidi va havo barbaterlar
yordamida amalga
oshiriladi, suspenziyanii aralashtirishni esa kuraksimon egiluvchan aralashtirigichlar
bajaradi.
Fotobioreaktor ichidagi massani egiluvchan aralshtirgich yordamida aralshtirish
yoritilgan qatlamning tez-tez almashinib turish orqali fototrof
mikroorganizmlarning
o‗sish tezligini oshirishga erishish mumkin. Fototorof organizlarni o‗stirish uchun
mo‗ljallangan aralshtirgichli qurilmadagi fotosintetik reaksiyalar yuqori axamiyatga
ega. Uning ish unumi sutkasiga 3-4 g/l ni tashkil etadi.
Dostları ilə paylaş: