60
UMTS strukturasi GSM tarmoqlarining
nimtizimlari bilan ish-
lashda kanal kommutatsiyasini ta’minlaydigan tarmoq element-
lariga va tayanch tarmog‘i — CN
(ingl. Core Network)
da GPRS
nimtizimi bilan ishlash uchun paket kommutatsiyasini ta’min-
laydigan elementlarga asoslangan. Shuni uchun UMTS tizimi-
ning tayanch tarmog‘i GSM/GPRS tarmoqlaridan bizga ma’lum
bo‘lgan: MSC (bu yerda, VLR bilan birga), HLR, AuC, SGSN
va GGSN tugunlari, shuningdek, kanal kommutatsiyasilik tash-
qi tarmoqlar bilan o‘zaro ishlash uchun shlyuz — GMSC
(ingl.
Gateway Mobile services Switching Center)
larni o‘z ichiga oladi.
UMTS tizimining GSM/GPRS tizimlaridan asosiy farqi –
uning
radiointerfeysining tashkil etilishida. Bunda radiointerfeysni bu-
tunlay yangi tarmog‘i — UTRAN
(ingl. UMTS Terrestrial Radio
Access Network)
ishlatiladi. UTRAN tarmog‘ida ishlash uchun
biroz o‘zgartirishlar talab qilinadi,
xususan yangi radiotarmoq
kontrollerlari — RNC
(ingl. Radio Network Controller)
va yan-
gi nom olgan tayanch stansiyalar
(ingl. Node B)
dan foydalanish
kerak bo‘ladi.
Funksional jihatdan tarmoq tuzilmasi Yer usti radioulanish
tarmog‘i — UTRAN va tayanch tarmog‘i — CNlardan iborat
(4.4-rasmga qarang). GSM tarmoqlardan farqli ravishda UMTS
tarmoqlarida foydalanuvchi qurilmasi — UE
(ingl. User Equip-
ment — abonent uskunasi)
deb nomlanadi. Bunga sabab shuki
UMTS tarmoqlarida UE nafaqat mobil stansiya vazifasini, balki
ma’lumot uzatish terminali funksiyalarini ham bajaradi.
UTRAN tarmog‘i tayanch tarmog‘i CNga ulangan RNS
(ingl.
Radio Network Subsystem)
radioulanish tarmoqlarining nimtizim-
lari majmuasidan tashkil topgan. RNS
nimtizimi RNS kontrolleri
va bir yoki bir nechta tayanch stansiyalar Node B larini o‘z ichiga
oladi.
Radiotarmoq kontrolleri — RNS tayanch stansiyalarning bosh-
qaruvini bajaradi hamda MSC/VLR — mobil kommutatsiya
markazi bilan o‘zaro ishlashni amalga oshiradi. RNSning asosiy
vazifalariga quyidagilar kiradi: