• SGSN
(ingl. Serving GPRS Support Node)
—
GPRSni
qo‘llab-quvvatlovchi xizmat tuguni:
GPRS rejimida ishlaydigan
barcha abonentlarning faoliyatini, shu jumladan, abonentlar bilan
paketli ma’lumotlar almashish, abonentlarni mobil xizmatlarga
ulanishi, tarmoqning xizmat doirasidagi abonentlarni ro‘yxatga
olish kabilarni umumiy boshqaruvini ta’minlaydi.
• GGSN
(ingl. Gateway GPRS Support Node)
—
GPRSni
qo‘llab-quvvatlovchi shlyuz tuguni:
GPRS tarmog‘ini tashqi
ma’lumot uzatish tarmoqlari bilan moslashtirish va ulash vazi-
fasini bajaradi. Har bir GPRS tarmog‘ida har doim bir yoki bir
necha SGSN tugunlari bilan bog‘liq bitta GGSN tuguni bo‘lishi
kerak. GGSN tugunlarining ikkilamchi vazifasiga ma’lumotlarni
adreslash (manzillash), IP manzillarni dinamik (tezkor) tarzda
taqsimlash, shuningdek, tashqi tarmoqlar va shaxsiy abonent-
lar haqida axborotlarni (shu jumladan xizmatlarni tariflashtirish
bo‘yicha) kuzatib borish kabilar kiradi.
• PCU
(ingl. Packet Control Unit)
—
paketli uzatishni nazorat
uskunasi:
tayanch stansiya kontrolleri — BSCga o‘rnatiladi va ma’lu-
mot trafigini BSCdan SGSNga bevosita yo‘naltirilishiga javob beradi.
Shuningdek, GPRS texnologiyasini mavjud GSM tarmoqlari-
ga joriy etish uchun yuqorida ko‘rsatilgan uskunalardan tashqari,
BTS, BSC, HLR hamda VLR registrlarida dasturiy ta’minotni
yangilash ham talab qilinadi.
GSM standartining keyingi takomillashuvi — uning GERAN
(ingl. GSM/EDGE Radio Access Network)
radioulanish tarmog‘iga
EDGE texnologiyasini joriy etish bilan bog‘liq bo‘ldi. EDGE
texnologiyasini tatbiq etishda GSM/GPRS tizim arxitekturasida
o‘zgartirishlar kiritilmadi, aksincha, mavjud tarmoqda faqat yangi,
tezkor modulyatsiyalash (8PSK) uslubidan foydalanildi.
GPRS va EDGE texnologiyalarining joriy etilishi, albatta, GSM
tarmoqlarining “umrini uzaytirishga” xizmat qildi, lekin uzoq
muddatli rivojlanish jarayonida telekommunikatsiya “sahnasida”
keyingi avlod yangi standartlarining, xususan UMTS tizimining
paydo bo‘lishiga xalaqit qila olmadi.
60
UMTS strukturasi GSM tarmoqlarining nimtizimlari bilan ish-
lashda kanal kommutatsiyasini ta’minlaydigan tarmoq element-
lariga va tayanch tarmog‘i — CN
(ingl. Core Network)
da GPRS
nimtizimi bilan ishlash uchun paket kommutatsiyasini ta’min-
laydigan elementlarga asoslangan. Shuni uchun UMTS tizimi-
ning tayanch tarmog‘i GSM/GPRS tarmoqlaridan bizga ma’lum
bo‘lgan: MSC (bu yerda, VLR bilan birga), HLR, AuC, SGSN
va GGSN tugunlari, shuningdek, kanal kommutatsiyasilik tash-
qi tarmoqlar bilan o‘zaro ishlash uchun shlyuz — GMSC
(ingl.
Gateway Mobile services Switching Center)
larni o‘z ichiga oladi.
UMTS tizimining GSM/GPRS tizimlaridan asosiy farqi – uning
radiointerfeysining tashkil etilishida. Bunda radiointerfeysni bu-
tunlay yangi tarmog‘i — UTRAN
(ingl. UMTS Terrestrial Radio
Access Network)
ishlatiladi. UTRAN tarmog‘ida ishlash uchun
biroz o‘zgartirishlar talab qilinadi, xususan yangi radiotarmoq
kontrollerlari — RNC
(ingl. Radio Network Controller)
va yan-
gi nom olgan tayanch stansiyalar
(ingl. Node B)
dan foydalanish
kerak bo‘ladi.
Funksional jihatdan tarmoq tuzilmasi Yer usti radioulanish
tarmog‘i — UTRAN va tayanch tarmog‘i — CNlardan iborat
(4.4-rasmga qarang). GSM tarmoqlardan farqli ravishda UMTS
tarmoqlarida foydalanuvchi qurilmasi — UE
(ingl. User Equip-
ment — abonent uskunasi)
deb nomlanadi. Bunga sabab shuki
UMTS tarmoqlarida UE nafaqat mobil stansiya vazifasini, balki
ma’lumot uzatish terminali funksiyalarini ham bajaradi.
UTRAN tarmog‘i tayanch tarmog‘i CNga ulangan RNS
(ingl.
Radio Network Subsystem)
radioulanish tarmoqlarining nimtizim-
lari majmuasidan tashkil topgan. RNS nimtizimi RNS kontrolleri
va bir yoki bir nechta tayanch stansiyalar Node B larini o‘z ichiga
oladi.
Radiotarmoq kontrolleri — RNS tayanch stansiyalarning bosh-
qaruvini bajaradi hamda MSC/VLR — mobil kommutatsiya
markazi bilan o‘zaro ishlashni amalga oshiradi. RNSning asosiy
vazifalariga quyidagilar kiradi:
61
Uu
Node B
Node B
Node B
Node B
RNS
RNC
RNC
lub
UE
lur
lu CS
lu PS
MSC/
VLR
GMSC
HLR
SGSN
GGSN
CN
UTRAN
PLMN
PSTN
ISDN
Internet
Tashqi tarmoq
Dostları ilə paylaş: |