65
ga” yo‘nalishda 2Mbit/sek va “yuqoriga” yo‘nalishda 153kbit/
sek gachani tashkil etdi va bu standartni 3G talablariga javob
beradigan qildi hamda real vaqt rejimida video uzatish bilan birga
qo‘shimcha xizmatlar turkumini taqdim etish imkonini berdi.
CDMA-2000 standartlarining keyingi
rivojlanishi EV-DO
Rev.A fazasi bo‘ldi va unda tarmoq sig‘imini hamda ma’lumot
uzatish tezligini (“pastga” yo‘nalishda 3,1Mbit/sek gacha va
“yuqoriga” yo‘nalishda 1,8Mbit/sek gacha) oshirishga erishil-
di. Bu fazada oldingi Rel.0 fazasida amalga oshirilishi mumkin
bo‘lgan xizmatlarga qo‘shimcha IP tarmoqlar bo‘ylab
keng eshit-
tirishli ma’lumotlarni uzatish xizmati kiritildi.
Navbatdagi EV-DO Rev.V fazaning ishga tushirilishi natijasida
ma’lumot uzatish tezligini bir chastota kanalida “pastga” yo‘na-
lishda 4,9Mbit/sek gacha va “yuqoriga” yo‘nalishda 2,4Mbit/
sek gacha yetkazishga erishildi. Standartning keyingi rivojlanishi
ma’lumotlarni uzatish tezligini oshirish uchun bir nechta chastota
kanallarini birlashtirish tomoniga (3x, 6x, 9x, 12x, 15x kabi) qa-
ratilgan. Masalan, 15 ta chastotalar kanallarini birlashtirish (mak-
simal amalga oshirilishi mumkin bo‘lgan qiymat) natijasida “past-
ga” yo‘nalishda 73,5Mbit/sek gacha va “yuqoriga” yo‘nalishda
esa 27Mbit/sek gacha tezliklarga erishildi.
Bunday tarmoqlarda
endi vaqtdan ushlanishlarga sezgir bo‘lgan VoIP, Push-to-Talk,
videotelefoniya, tovush va multimedia xizmatlarini parallel ra-
vishda ishlatish, multisession tarmoq o‘yinlari va boshqa shu kabi
xizmatlardan foydalanish mumkin bo‘ldi.
Dostları ilə paylaş: