4.3. UMTS standarti radiointerfeysi texnologiyasi
UMTS tizimi GSM tarmog‘ining “yadrosi” (tayanch tarmog‘i)
ga W-CDMA, TD-CDMA yoki TD-SSDMA radiointerfeys tex-
nologiyalaridan birini tadbiq etish asosida qurilishi mumkin. Le-
kin, so‘nggi vaqtda UMTS (yoki o‘xshash — FOMA) tarmoqla-
rini ishlatayotgan ko‘plab operatorlar radiointerfeys texnologiyasi
sifatida aynan W-CDMA variantini tanlashmoqda.
W-CDMA
(ingl. Wideband Code Division Multiple Access –
“kanallarni kodli bo‘lish asosida ko‘p sonli keng polosali ulanish”)
– 3G xizmatlarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida keng polosali ra-
dioulanishni ta’minlash uchun ko‘plab sotali aloqa operatorlari
tomonidan tanlagan radiointerfeys texnologiyasidir. W-CDMA
texnologiyasi foydalanuvchilarga yuqori tezlikdagi multimedia
xiz
matlarini taqdim etish uchun optimallashtirilgan va 2Mbit/
sek gacha tezlikda ma’lumot uzatishni ta’minlay oladi. Ma’lum-
ki, bunday tezliklar keng chastotalar polosasini talab qiladi, shu-
ning uchun W-CDMAda polosa kengligi 5MGsni tashkil etadi.
W-CDMA texnologiyasini mavjud GSM va PDC — ikkinchi
avlod tarmoqlariga qo‘shimcha o‘zgartirishlar kiritish yo‘li bilan
qurish mumkinligi uni tarmoq resurslaridan foydalanish va global
moslashtirish nuqtayi nazardan istiqbolli ekanligidan darak bera-
di. W-CDMA dastlab GSM tarmoqlarini almashtirilib, asta-sekin
3G tarmoqlariga o‘tish texnologiyasi deb qabul qilingan. Shuning
uchun uning tarmoq infratuzilmasi MAP/GSM arxitekturasi bilan
mos keladi va Yevropadagi W-CDMA tarmoqlari uchun yaratil-
gan abonent terminallar GSM tarmoqlarida ham ishlay oladi. Bu
esa operatorlarga, avvaliga, aholisi zich joylarda W-CDMA “orol-
chalarini” yaratish (2G/2,5G tarmoqlari bilan o‘zaro xizmatda),
keyin esa, bosqichma-bosqich ularni yirik tarmoqlarga aylantirish
imkoniyatini beradi. Bundan tashqari, W-CDMA texnologiyasi
paketli kommutatsiya protokollarini (IP, X.25) qo‘llab-quvvat-
lashga mo‘ljallangani tufayli, bu uni umumiy foydalanishdagi
boshqa tarmoqlar bilan o‘zaro ishlashini soddalashtiradi.
55
W-CDMA texnologiyasi har bir kanalda 5MGslik polosada
spektrni to‘g‘ri ketma-ketlikda kengaytirish — DSSS
(ingl. Di-
rect-Sequence Spread Spectrum)
uslubiga asoslangan. Dastlab bel-
gilangan chiplar oqimining tezligi (4,096 Mchip/sek) keyinchalik
boshqa texnologiyalar bilan moslashish maqsadida biroz kamay-
tirildi (3,84 Mchip/sek gacha). W-CDMA texnologiyasi chek-
langan harakatdagi abonentlar uchun talab qilingan 2 Mbit/sek
gacha va yuqori harakatdagi abonentlar uchun 384Mbit/sek gacha
ma’lumot uzatish tezliklarini qo‘llab-quvvatlashi mumkin.
Ishlab chiquvchilar tomonidan W-CDMA texnologiyasining
ikki varianti taklif etilgan: chastota va vaqt bo‘yicha duplekslash
asosidagi juftlik
(ingl. munosib ravishda FDD W-CDMA va TDD
W-CDMA)
. Ular uchun 2110–2170MGs va 1920–1980MGs po-
losalarida poylik chastotalar hamda 1900–1920MGs va 2020–
2025MGs polosalarida 25MGs gacha poysiz chastotalar ajratish
taklif etilgan. FDD W-CDMA texnologiyasini tashkil etish prin-
siplari ko‘p jihatdan cdmaOne texnologiyasinikiga o‘xshasada, le-
kin, tabiiyki, W-CDMA texnologiyasi ancha murakkabroq. Prin-
sipial farqlaridan biri — FDD W-CDMA asosidagi tarmoqlar ham
sinxron, ham asinxron rejimlarda ishlashi mumkinligi hisoblana-
di. Juft kanallarga 5MGs chastotani ajratish imkoniyati bo‘lma-
gan hollar uchun TDD W-CDMA versiyasi qo‘l kelishi mumkin.
Vaqtli duplekslash prinsipi oddiy bo‘lib, butun vaqt diapazoni teng
kanal intervallari (oraliqlari) ketma-ketliklariga bo‘linadi. Har bir
kanal intervali davomida har bir mantiqiy kanalda (kodli taqsim-
lash asosida) faqat bir yo‘nalishda, yo “pastga” yo‘nalishda, yoki
“yuqoriga” yo‘nalishda uzatish amalga oshiriladi. Shu tarzda,
ma’lum vaqt oraliqlarida barcha kanallar yoki chiquvchi, yoki ki-
ruvchi bo‘ladi. Kiruvchi/chiquvchi kanallarning oraliq intervallari
orasidagi munosabat va ketma-ketlik ikki tomonga uzatilayotgan
trafikning intensivligiga (faolligiga) bog‘liq ravishda moslashuv-
chan tarzda o‘zgarishi mumkin. Bu esa asimmetrik ma’lumot
uzatuvchi ko‘plab ilovalar (masalan, Internetga ulanish) uchun
o‘ta muhim.
56
FDDdan farqli ravishda TDD rejimi W-CDMA tarmog‘idan
sinxronlikni talab qiladi, qolgan hollarda esa ularning parametr-
lari deyarli bir-biriga mos tushadi.
Dostları ilə paylaş: |