Raqamli mobil aloqa


UMTS standartining kamchiliklari



Yüklə 8,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə28/289
tarix06.12.2023
ölçüsü8,51 Mb.
#138442
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   289
Raqamli mobil aloqa

UMTS standartining kamchiliklari
UMTS standartining asosiy kamchiliklariga quyidagilar kiradi:
• spektrdan nisbatan samarasiz foydalanish (5MGs kenglikdagi 


49
juft kanallar) va boshqa xizmatlarga tegishli bo‘lgan chastotalarni 
bo‘shatish zarurati, bu tarmoqlarning qurilishini sekinlashtiradi 
(masalan, AQSHdagidek);
• ba’zi davlatlarda (shu jumladan, AQSH va Yaponiyada) ra
-
diochastota spektrini taqsimlash tartibi HTI tavsiyalariga mos kel-
maydi va natijada UMTS tarmoqlarini standart uchun mo‘ljallan-
gan chastotalarda qurib bo‘lmaydi;
• UMTS va GSM tarmoqlari orasida “xendover”ni tekis amal
-
ga oshirishning texnologik murakkabligi;
• sotaning uncha katta bo‘lmagan radiusi (xizmatlarni to‘liq 
taqdim etish uchun u 1–1,5km ni tashkil etadi);
• akkumulyator batareyalarining kam sig‘imliligi bilan birga 
mobil terminallarning nisbatan og‘irligi.
Nazorat savollari:
1. To‘rtinchi avlod mobil aloqa (3G) tizimlariga tavsif bering.
2. UMTS avlod tarkibiga qanday texnologiyalar kiradi (yoki 
kirishi taxmin qilinmoqda)?
3. To‘rtinchi avlod texnologiyalarining uchinchi avlod tex-
nologiyalaridan asosiy farqlari nimada?
4. 3.5G tarmoqlarida qanday ko‘p sonli ulanish (kanallarni 
multiplekslash) texnologiyasi, qanday modulyatsiya usullari va 
antenna texnologiyalaridan foydalanish ko‘zda tutilgan? 
5. Dunyoning turli mintaqalarida 4G tarmoqlarning hozirgi 
rivojlanish holati qanday?


50
4-bob. MOBIL STANSIYALARINING JOYLASHUVI
4.1. Mobil stansiyalarining joylashuvi va 3G tizimlarining
qurilish prinsiplari
Uchinchi avlod mobil aloqa tizimlari quyidagi prinsiplar asosi-
da quriladi: 
• “umumqamrov” aloqa
, ya’ni “hamma joyda va har doim” 
mavjud aloqa – bu prinsip Yerning istalgan joyida umumiy 
foydala nish tarmoqlariga ulanish imkoniyati mavjudligini ko‘zda 
tutadi. 3G tizimlarini yaratishda UPT 
(ingl. Universal Personal 
Telecommunications – “Universal shaxsiy aloqa”)
texnologiyasi 
muhim o‘rinni egallaydi. Unga muvofiq, Yer yuzida yashovchi 
har bir shaxs uchun ofis, shahar, mintaqa va global masshtabdagi 
aloqa tarmoqlariga istalgan joyda va istalgan vaqtda ulana olishi 
uchun shaxsiy identifikatsiya raqami ajratiladi (4.1-rasm) [1].

Yüklə 8,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   289




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin