Tabiat hodisalarining o‘zaro bog‘liqligi asosida tarbiyalash. -
Quyosh nuri energiyasi suvni qizdiradi, u bug‘lanadi, keyin yomg‘ir, qor
holatida yana yerga qaytib tushadi. Bu misol mohiyatini o‘qituvchi kengroq
yoritib beradi.
-
O‘qituvchi tomonidan barcha tabiat hodisalari tabiiy qonunlar bilan bog‘lab
tushuntirilishi, bu qonunlarni bilish esa tabiat boyliklaridan oqilona
foydalanish imkonini berishi bolalarga anglatiladi. «Nima uchun qushlar
uchib keladilar va uchib ketadilar?», «Nima uchun hayvonlar qishki uyquga
ketadilar?» kabi savollarga bolalarga mustaqil javob berishlari talab qilinadi.
Tabiatshunoslik kursi bolalarni estetik didlarini, tashqi go‘zalliklarni his-hayajon
bilan qabul qilishlarini taʼminlashda katta imkoniyatga ega.
Avvalo bolalar diqqatini «Atrofimizdagi olam”, «Tabiatshu-noslik” darslarida
aks ettirilgan rangli rasmlar, jismlar, o‘simliklar, hayvonlar, odamlarning qishloq
xo‘jaligi va sanoatdagi mehnatida o‘z aksini topgan.
Tabiat muhofaza taʼlimi maktabda sinfdan tashqari tadbirlar bilan mohirona qo‘shib
olib borilganda katta samara beradi. Yashil patrullar otryadi, yosh tabiatshunoslar
to‘garaklari, klublari, maktab tirik tabiat burchagi ekologik tarbiyaning amalga
oshiruvchi shakllari bo‘lib hisoblanadi.
Atrof-muhitni saqlab qolish muammosi hozirgi davrning dolzarb
muammosiga aylanib bormoqda. Ayniqsa mavjud, noyob o‘simlik va hayvon
turlarini asrash, ularni ko‘payishiga imkoniyat yaratish, ulardan unumli foydalangan
holda zahiralarini ko‘paytirish yullari haqida o‘quvchilarda tushunchalar hosil
qilish, ekologik ongni shakllantirish tabiat yaxlitligini saqlashning muhim omilidir.
Maʼnaviy, odobiy, mehnat, estetik va jismoniy tarbiya uyg‘unlashgan holda
ekologik tarbiyaning kompleksini tashkil qiladi, bu shaxsni har tomonlama ravnaq
topishini taʼminlaydi.