I. O’quv materiallari I. 1 Ma’ruza mashg’ulotlari


Vatanparvarlik va baynalminalchilik ruxida tarbiyalash



Yüklə 138,29 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/15
tarix10.12.2023
ölçüsü138,29 Kb.
#139216
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
MA\'RUZA 1

 
Vatanparvarlik va baynalminalchilik ruxida tarbiyalash. 
Jamiyatimizda vatanparvarlik tarbiyasini baynalmilalchilik tarbiyasisiz 
tasavvur qilib bo‘lmaydi. Buning uchun tabiat muhofazasi yetarli material beradi. 
Shunga ko‘ra vatanparvarlik tarbiyasini atrof tabiatni o‘rganishdan boshlash kerak. 
Bolalikdan yurakka singib ketgan jonajon o‘lka tabiati ayni paytda «Vatan” atalmish 
keng tushunchaning tarkibiy elementi hamdir. O‘lkashunoslik ishlari, maktab 
maydonchasidagi mehnat, ekskursiyalarda jonajon o‘lkani o‘rganish o‘quvchilar 
xotirasida chuqur iz qoldiradi, o‘z o‘lkasiga muhabbatni, uning boyliklarini 
qo‘riqlash, ulardan okilona foydalanish zarurligi to‘g‘risidagi tushunchani 
shakllantiradi. O‘lka tabiati, uning boyliklari, xo‘jalik xususiyatlari bilan tanishtirish 
o‘quvchilarning sinfda olgan bilimlarini xalqimizning turmushi va mehnat faoliyati 
bilan bog‘lashga yordam beradi.
Masalan, foydali qazilmalar topgan. Bu esa o‘quvchilarning hissiy 
tuyg‘ulariga taʼsir qiladi, tabiat va odamlarga nisbatan qiziqish, muhabbat 
uyg‘onadi. 
Tabiatga sayohatlar, materiallar to‘plash, tirik tabiat burchagidagi dars va sinfdan 
tashqari mashg‘ulotlar jarayonida foydalanadigan ko‘rgazma vositalar (surʼat, 
sxema, jadval, maket, mulyaj, ger¬bariy, hayvonlar kolleksiyalari) chiroyli, jozibali 
bo‘lishi kerak-ki, toki ularga qiziqish kuzatilsin, bolalar didi va farosatini tarbiyalay 
olsin. Mashhur rassomlar chizmalar va badiiy asarlardan sharhlar o‘qib berish 
bolalarning tabiat go‘zalliklarini tez va oson his qilishlariga yordam beradi. 
Tabiat qo‘ynida o‘tkaziladigan sayyohatlar o‘quvchilarning estetik hislarini 
rivojlantirishga, didlarini o‘stirishda alohida ahamiyat kasb etadi. Tabiatni 
o‘rganishni estetik qabul qilish bilan uyg‘unlashtirish lozim, chunki kishi tabiatni 
qancha chuqur idrok qilsa, u ham kishiga shuncha ko‘p shodlik baxsh etadi. 

Yüklə 138,29 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin