– 79 –
to‘ldiradi va xalq dostonlarining
mazmun-mundarijasi, quri-
lish tartibi, ijro o‘rni va boshqa jihatlarini qamraydi.
Xalq dostonlarida xalq taqdiri, tarixi, tarixiy voqelik
xalqning oddiy mushohadalari asosida umumlashma obrazlar-
da o‘z ifodasini topadi. Dostonlarda epik umumlashtirish
hukmronlik qiladi. Dostonlardagi epiklik, monumentallik xos
bo‘lib, syujet va kompozitsion
qurilish jihatidan murakkab
voqea-hodisalarni qamrab oladi. Bunday voqea va hodisalar
mazmunan favqulodda kuch-qudratga ega bo‘lgan xalq
idealidagi bahodir – alp atrofiga birlashadi. Xalqning ozod va
hur o‘lka, komil inson haqidagi orzu- o‘ylari doston g‘oyasini
belgilaydi.
Doston sinkretik san’at namunasi, bir kishilik o‘ziga
xos teatr hisoblanadi. Doston aytuvchi ayni paytda sozanda,
kuylovchi, bastakor, aktyor va rejissyor. U doston ijrosi
davomida barcha qahramonlar,
personajlar obrazini
tomoshabinga mahorat bilan yetkazib beradi. Doston
ijrochisiga nisbatan baxshi atamasi qabul qilingan.
Dostları ilə paylaş: