– 85 –
gullar so‘ldimi, So‘lgan gulga bulbul kelib qo‘ndimi»,
«Yana bahor bo‘lsa ochilar gullar, Gulni ko‘rsa mast bo‘p
sayrar bulbullar», «Ot chopsa gumburlar tog‘ning darasi,
Botirni ingratar nayza yarasi» kabi), umumiy o‘rinlar (epik
klishelar), ya’ni ba’zi bir juz’iy o‘zgarishlar bilan ko‘pchilik
dostonlarda takrorlanadigan parchalar (qahramonga nasihat,
uni kuzatuv, qahramonlarning uchrashuvlaridagi savol-
javoblari, qahramonlarning portretlari, otni egarlash, ot ta’rifi,
otda safar, jang tasviri, boshlanma, tugallanma, voqealarni
bir-biriga bog‘lovchi tasvirlar kabi) yodlatilgan. So‘ng
ayrim
olingan bir doston, keyinroq esa, ustoz repertuaridagi
barcha asarlar o‘rgatilgan. Ustoz shogirdning badihago‘ylik
qobiliyatini, ya’ni yodlab olingan an’anaviy misralar, epik
klishelar asosida yangilarini to‘qiy olish salohiyatini,
ularni
tasvir vaziyatiga qarab turli xil stilistik o‘zgarishlar bilan
qo‘llay bilish san’atini o‘stirishga alohida e’tibor beradi.
O‘rgatishning keyingi bosqichlarida ustoz shogirdni o‘zi
bilan birga dostonchilik yig‘inlariga, to‘y-hashamlarga olib
yuradi. Bunday paytlarda shogird ko‘pchilik oldida termalar,
dostonlardan parchalar kuylaydi. Shogird ancha «pishib»
qolgach, ustoz o‘zi kuylayotgan dostonning davomini
unga ayttiradi yoki bir dostonni ustoz va shogird galma-gal
kuylaydilar. Bunday hollarda ustoz
tomoshabinlar reaksiyasini
hisobga olib, uni shogirdiga uqtira boradi. Shu tariqa o‘rgatish
va o‘rganish ishlari bir necha yil davom etadi. Ustoz shogirdi
yetilganligini bilib unga el orasida fotiha bergan va shogird
baxshi sifatida mustaqil kuylash huquqiga ega bo‘lgan.
O‘zbek dostonchligida doston kuylash an’anasi qadimda
uch yo‘nalishda rivojlangan.
Birinchidan, Bulung‘ur,
Qo‘rg‘on, Shahrisabz, Qamay, Narpay, Sherobod, Janubiy
Tojikistonda yashovchi o‘zbek-laqay dostonchilik maktab-
larida do‘mbira chertib yakka holda, bo‘g‘iz ovoz
bilan ijro