– 86 –
– 87 –
etilgan. Ikkinchidan, Xorazmda tor, dutor, g‘ijjak, garmon,
bulomon, qo‘shnay, doira jo‘rligida ba’zan yakka, ba’zan juft
holda, ochiq ovoz bilan ijro etilgan. Uchinchidan, Farg‘ona
vodiysida dutor jo‘rligida ochiq ovozda aytilgan.
Baxshilar o‘ziga xos poetik yo‘l, uslub, repertuar xarakteri,
ijro usullari bilan bir-birlaridan farqlanadilar. Umumlashgan
puxta epik an’ana doirasida ma’lum baxshi yoki baxshilar
guruhiga xos individual ijodiy xususiyatlar, yo‘llar, uslublar
o‘zgachaligi, ustoz-shogird munosabatlari mavjud. Bunday
farqlarni ko‘rsatish uchun Hodi Zarif folklorshunoslikda
dostonchilik (baxshilik) maktablari ter
minini qo‘llagan.
O‘zbekistonning ko‘pgina yerlarida bir qancha dostonchilik
maktablari – baxshilik san’atining ajoyib markazlari mavjud
1
.
Bu maktablar Qo‘rg‘on, Bulung‘ur, Nurota, Shahrisabz,
Narpay, Sherobod, Qamay, Piskent kabi yetakchi baxshilar
yetishib chiqqan joylar nomlari bilan ataladi. Aslida atamalar
nihoyatda shartli bo‘lib, shunday maktablar vakillari yetishib
chiqqan va ular dostonchilik qilib yurgan hudud juda ham
kengdir.
Bulung‘ur dostonchilik maktabi vakillari qahramonlik
dostonlarini ijro etish bilan mashhur bo‘lganlar. Sodda,
yuksak, o‘ta an’anaviy, nisbatan arxaik bo‘lgan qahramonlik
eposi uslubi bu dostonchilarning poetik yo‘li hisoblangan.
Fozil Yo‘ldosh o‘g‘li Bulung‘ur dostonchilik maktabining
vakili hisoblanadi. Undan «Alpomish», «Yodgor», «Yusuf
bilan Ahmad», «Malika ayyor», «Mashriqo», «Zulfizar»,
«Balogardon», «Avazxonning o‘limga hukm etilishi»,
«Intizor», «Nurali», «Jahongir», «Murodxon», «Rustam»,
«Shirin bilan Shakar», «Farhod va Shirin», «Layli va
1
Qarang:
Mirzayev T. Doston. O‘zbek folklorining epik janrlari. – T.: Fan, 1981.
-B.24-38. Murodov M. O‘zbek baxshilari poetik maktablari. «Adabiy meros». Tosh-
kent, 1976, 4-son, 87–92-betlar.
– 87 –
Majnun», «Bahrom va Gulandom», «Ra’no bilan Suxangul»,
«Zevarxon» kabi dostonlar yozib olingan. XVIII–XX
asrlarda yashagan Amin baxshi, Muhammad shoir, Chini
shoir, Tovbo‘zar shoir, Qurbonbek shoir, Sultonmurod,
Yo‘ldoshbulbul, Yo‘ldosh Mulla Murod o‘g‘li, Yo‘ldosh
Mulla Murod o‘g‘li, Suyar Mulla Murod o‘g‘li, Rahimbulbul,
Jo‘ra shoir, Do‘styor Ho‘jayor o‘g‘li, Xo‘janazar baxshi,
Fozil Yo‘ldosh o‘g‘li, Yorlaqab Beknazar o‘g‘li kabi o‘nlab
dostonchilarni birlashtirgan bu maktab vakillari Bulung‘ur,
Jomboy, Poyariq, G‘allaorol, Zomin, Jizzax atroflarida
dostonchilik qilib yurganlar.
Epik san’atning ikkinchi bir muhim markazi Qo‘rg‘on
dostonchilik maktabi bo‘lib, bu dostonchilik maktabining
Ergash Jumanbulbul o‘g‘li, Muhammadqul Jonmurod o‘g‘li
Po‘lkan, Egamberdi Allamurot o‘g‘li, Rahmatulla Yusuf
o‘g‘li kabi vakillaridan «Alpomish», «Yakka Ahmad»,
«Oysuluv», «Kuntug‘mish», «Qironxon», «Yusuf bilan
Ahmad», «Alibek bilan Bolibek». «Ernazar», «Go‘ro‘g‘lining
tug‘ilishi», «Yunus pari», «Misqol pari», «Gulnor pari»,
«Xushkeldi», «Hasanxon», «Chambil qamali», «Dalli»,
«Ravshan», «Avazxon», «Qunduz bilan Yulduz»,
«Bo‘tako‘z», «Xoldorxon», «Xilomon», «Berdiyor otaliq»,
«Zamonbek», «Xidirali elbegi» kabi ko‘plab dostonlar
yozib olindi. Mangishtovdan Nurotaga qadar cho‘zilgan
silsila tog‘larning, ayniqsa, Oqtovning shimoliy va janubiy
etaklarida, hatto Miyonkolga qadar cho‘zilgan keng masofada
yashagan xalq shoirlari Qo‘rg‘on dostonchilik maktabiga
mansubdirlar. Bu yerlarda yetishgan baxshilarning ko‘pchiligi
Qo‘rg‘on qishlog‘ida tarbiya topgan va haqli ravishda o‘z
ustozlarini shu ajoyib shoirlar qishlog‘i bilan bog‘laydilar.
XIX asrning o‘rtalarida Qo‘rg‘on qishlog‘ida yashagan
yetti oilada yigirmadan ortiq baxshi bo‘lgan. Ergash shoir
|