yo‘qotadi. Shu bois qo‘rqoq yoki qahram on bo‘lish insonning o ‘ziga
bog‘liq, deydi Sartr, qo‘rqoq q o ‘rqoqligi uchun o ‘zi javobgar. U yurak
yoki o ‘pkasi, yoki miyasi qo‘rqoq boMgani uchun shunaqa emas; u
o ‘zining fiziologik tuzilishi natijasi o ‘laroq shunaqa emas, balki o ‘z
qilmishlari bilan o ‘zini qo‘rqoq qilgan. Mizoj asabiy, zaif, chala yoxud
to ‘laqonli bo‘lishi mumkin, lekin zaif odam degani — albatta qo‘rqoq
degani emas, chunki qo‘rqoqlik bosh tortish yoki yon berish oqibatida
yuzaga keladi. Hamma vaqt qo‘rqoq uchun qo‘rqoq, qahram on uchun
qahram on bo‘lmaslikning imkoni bor.
Sartr ekzistensiyachilik muxoliflariga qarshi fikr bildirar ekan, bu
yo‘nalish insonning aslo tushkun tasvirini bermasligini, uni qilgan ishiga
qarab baholashini, inson o ‘z taqdirini o ‘zi belgilaydi, degan aqida bilan
ish ko‘rishini ta ’kidlaydi. U har bir inson axloqini uning xatti-harakati
tashkil etishini aytib, shunday deb yozadi: «Ekzistensiyachilik, bu —
insonning harakatga bo'lgan xohishini oMdirishga intilishi emas, zero,
u insonga bor umid faqat uning harakatida ekanini va faqat yagona
harakatigina insonning yashashi uchun imkon berishini aytadi. Demak,
bu borada biz harakat va ju r’at axloqi bilan ish ko'ram iz»1.
Hozirgi kunga kelib, ekzistensiyachilik G ‘arb olam ida m ashhur
bo‘lgan ko‘pgina eng yetakchi yoki faol harakatdagi axloqiy yo‘nalishlarga
nisbatan «hayotiyroq« chiqib qoldi. Uning asosiy tamoyillari Ovro‘pa
xalqlari mentalitetiga singib ketdi. U behuda havoyi parvozlami cheklab,
insonni ichki, raqamlarsiz hisob-kitobga va shu hisob-kitob natijasi
o'laroq, jahonga ishonch bilan qarashga d a’vat etadi.
Dostları ilə paylaş: