oqartuv muassasalari xizmatidan keng foydalanadi.
4. XIX asr oxiri va XX asr boshlarida
kapitalistik munosabatlar
monopolistik bosqichga kirdi. Monopolizm o`z ta`sirini davlat siyosatiga ham
o`tkazdi. Natijada davlatning monopolistik kapital manfaatlarini hisobga olgan
holda iqtisodiyotni huquqiy tartibga solib turish funksiyasi paydo bo`ldi. Bunga
ko`ra davlat iqtisodiyotda o`z (sektorini vujudga keltirdi. Uzoqqa mo`ljallangan
iqtisodiy rivojlanishni rejalashtirish va mablag`lar bilan ta`minlash kabi choralarni
belgilaydi.
Ayni paytda bu davlatlar fan, texnika taraqqiyotini ta`minlashga,
tabiatni muhofaza yetishga ham befarq emas.
5. Kapitalistik davlatlar aholiga xizmat ko`rsatish, huquqbuzarlikka va
jinoyatchilikka qarshi ko`rash, fuqarolar huquqlari va erkinliklarini qo`riqlash
funksiyasini ham bajarmoqda.
Burjua davlatlarining tashqi funksiyalari
1. Yirik va qudratli burjua davlatlarining o`z mamlakatini mudofaa qilish
faoliyati dunyodagi butun kapitalistik tuzumni muhofaza qilish funksiyasiga
aylandi. Shu maqsadda bizning asrimizda jahonning
turli mintaqalarida harbiy,
iqtisodiy bloklar, hamjamiyatlar barpo etildi, mazkur tizimni qo`riqdash butun
davlatning umumiy ishi, deb tushunildi. NATO buning yaqqol ko`rinishidir.
2. Ming afsuski, kapitalistik davlatlar faqat mudofaa bilan shug`ullanmadi,
balki bosqinchilik urushlari siyosatini ham olib borgan.
Ularning aybi bilan XX
asrning birinchi yarmida ikki marta o`ta dahshatli jahon urushi va lokal urushlar
olib borilib, o`n millionlab insonlar qurbon bo`ldi. Bunda jahonda hukmron
bo`lish, boshqa xalqdar boyligini egallash, gegemonizm g`oyalariga
suyanib ish
ko`rilgan.
3. Er sharida «sotsialistik» deb atalmish davlatlarning paydo bo`lishi va
yashay boshlashi kapitalizmni qattiq tashvishga soldi, uning mustamlakachilik
siyosatiga ketma-ket zarba bera boshladi. Shu boisdan ham ular boshqa
davlatlardagi inqilobiy va milliy ozodlik harakatlarini
bostirish funksiyasini ham
bajara boshladilar. Hozir zamon o`zgardi, bu funksiyaga ehtiyoj ko`p jihatdan
kamayib ketdi.
Bugina emas, kapitalistik davlatlarning ishchilar va inqilobiy harakatdan,
sotsialistik tuzum xavfidan «tashvishlanishi» etmish yillik davrdan keyin deyarli
yo`qoldi. Insoniyat ming yillardan buyon tabiiy ravishda
taraqqiy yetib kelgan
yo`lga qayta kirib kelmoqda. Endi o`ylab qarasak, Rossiyada 1917 yildagi Oktyabr
to`ntarishi g`ayritabiiy harakat bo`lganligi tobora aniq bo`lmoqda.
To`g`ri, marksizm va sotsializm g`oyalari insoniyat rivojlanishidagi
yaxshi
hayot ramzi sifatida emas, balki millionlab kishilarning ogar turmushi, yaxshi
yashash uchun qilgan orzu-umidlari natijasida yuzaga kelgandi. Sotsialistik
inqilob, prolyetariat diktaturasi ana shunday go`zal va boy turmushga olib kelishi
tasavvur etilar edi. Lekin bunday bo`lib chiqmadi. 70 yildan ortiqroq vaqt
yashagan nihoyatda qudratli SSSR
mustaqil davlatlarga tarqalib, bo`linib ketdi,
sotsializm va kommunizm kurash nazariyasi va amaliyoti asrimizning 90-yillariga
kelib barbod bo`ldi. Biroq sotsialistik davlat 1917 - 1991 yshsharda tarixda
yashadi, qator funksiyalarni ozmi-ko`pmi amalga oshirib keldi
3[3][3]3
. Ularni
qisqacha ko`rib o`tmaslik mumkin emas.
Dostları ilə paylaş: