92
2. Oshqozon ichak kasalliklarida asosiy shikoyatlar.
Mashg’ulot mavzusi bo’yicha:
1. Bolalarda ko’proq uchraydigan hazm a'zolari kasalliklari belgilari.
2. Hazm qilish a'zolari kasalliklarida bolalarni ovqatlantirish.
3.Bolalarda ko’proq uchraydigan oshqozon ichak kasalliklarida parvarish qilish va
kerakli yordam ko’rsatish.
MAVZUNING MAZMUNI
Ovqat hazm qilishda ishtirok etuvchi a'zolar me'da ichak trakti degan
umumlashgan nomni olgan. U og’izdan orqa chiqaruv teshigigacha bo’lgan nay
bo’lib, u yerda ovqat hazm bo’ladi, uning tarkibidagi uglevodlar ,yog’lar va
oqsillar, tuzlar, vitaminlar hamda suv organizmga so’riladi. Ovqat bu organizm o’z
funksiyasini bajarishi uchun zarur bo’lgan yoqilg’idir. Ovqat hazm qilish og’iz
bo’shlig’idan boshlanadi. Tishlar ovqatni ezib, chaynaguncha,uni
yumshatish va
ho’llash uchun og’iz bo’shlig’iga so’lak kerak bo’ladi. So’lak til osti va til usti
bezlarida joylashgan bo’lib, bezni chiqarish yo’li orqali og’iz bo’shlig’ida ocxiladi.
So’lak tarkibiga ovqat uglevodlarini organizm tomonidan yengil hazm qiluvchi
shakarga maydalaydigan ferment kiradi. Til ovqatni yutish uchun qulay bo’lgan
shaklni beradi va ovqatni og’izni ichiga ko’chiradi. Halqum esa ovqat va so’lak
aralashmasi (ovqat luqmasini)ni qizilo’ngachga haydaydi, undan oshqozonga
tushadi. So’ng me'da mushaklari ishga tushib, ovqat luqmasini me'da shirasi bilan
aralashtiradi. Oshqozonda aralashtirilgan va me'da shirasi bilan ishlangan ovqat
ximus deb ataladi. Ximus ingichka ichakning boshlang’ich bo’linmasi 12 barmoqli
ichakka itariladi. Oshqozondagi ovqat 3-6
soatda ximusga aylanadi, ichakka
tushishi uchun yana 1 soat ketadi. Ingichka ichakda ovqat hazm qilish ro’y
beradi.Bu yerga oshqozon osti bezi fermentlari va o’t pufagidagi o’t (safro) kelib
tushadi.Bu fermentlar ovqatni parchalashda ishtirok etadi va qon va limfatik
tomirlar orqali so’riladi.Hazm bo’lmagan ovqat suyuq holida ingichka ichakdan
ichakka o’tadi, bu yerda suvning ko’p miqdori orqaga so’riladi. Qolgan yarim
qattiq ovqat qismlari to’g’ri ichakka, pastga harakatlanadi va u yerda najas holida
orqa chiqaruv teshigidan chiqmaguncha ushlanib turiladi.Chiqindilar tarkibiga
bakteriyalar,ichak qoplamalarining o’lgan
hujayralari, o’t pigmenlari xam
kiradi.Ovqatni ichak bo’yicha harakatlanishi 8 soatdan 24 soatgacha davom etishi
mumkin.
Oshqozon ichak kasalliklarining asosiy belgilari qorin og’rishi, ishtaha
buzilishi, qusish, ko’ngil aynishi, kekirish, jig’ildon qaynashi, qabziyat va ichni
ketishi.Ishtahani pasayishi me'da ichak traktining
muhim hazm qiluvchi
bezlarining
sekretor
funksiyasi
buzilishida
kuzatiladi.Ishtahani
umuman
yo’qolishi(anoreksiya)asabiy holatdan kelib chiqishi mumkin.Baland ishtaha
organizmning energetik sarflanishi o’zgarmasdan yuqori energetik quvvatli
ovqatlarni ko’p istemol qilinishi va tana vaznini oshishi bilan kechadi. Bu stress
holatlarda,dorivor preparatlarin qabul qilganda qandli diabet kasalligida kuzatiladi.
Qorin og’rig’i doimiy, xurujli, vaqti-vaqti bilan yoki yilning ma'lum bir
faslga bog’liq bo’lishi mumkin. O’n ikki barmoqli ichakning yarasi uchun ovqat
qabul qilgandan so’ng o’tib ketadigan tungi va och paytdagi og’riqlar xos.
93
Tezlikda hosil bo’ladigan qattiq og’riq ichak sanchigi deyiladi. Hattoki juda qattiq
og’riklarda ham hamshira og’riqni qoldiruvchi dori berishi kerak emas. Og’riqni
susayishi va o’zgarishi diagnostikani qiyinlashtirib, xatoga olib kelishi mumkin.
Oqibatda tezkor jarrohlik yordami ko’rsatish vaqti boy beriladi.Og’riqni sababini
aniqlamasdan, shifokorni maslahatisiz qorniga issiq grelka qo’yish, kasalga
bo’shashtiruvchi vositalar berish va klizma qilish taqiqlanadi.
Birinchi yordam berishda:
-bemorni qulay yotqizish
-tinchlikni ta'minlab berish
-zudlik bilan jarrohlik bo’limiga
olib borish
-qoringa muz solingan xaltacha qo’yish kerak.
Ko’ngil aynashi-to’sh osti sohasi va halqumda sodir bo’ladigan o’ziga xos
nohushlik sezish. Bunda yuz oqarishi, ko’p ter ajralishi, yurakni tez urishi, nafas
harakatlarini pasayishi bilan kechadi.
Qayd qilish oshqozon mushaklarining teskari harakati natijasida yuzaga kelib,
qusuq massalarini qizilo’ngach, halqum, og’iz va ayrim hollarda burun yo’llari
orqali chiqib ketishiga aytiladi. Qayd qilish nima sababdan paydo bo’lganligini
aniqlash muhimdir(
ovqatdan keyin, dori qabul qilganda, harorat ko’tarilgandan
keyin). Shuningdek qusuq massasiga ham e'tiborni qaratamiz.
Och qoringa qusganda qusuq massalariga o’t suyuqligi aralashgan holda
qusuq shiralari ko’k sariq rangga bo’yalgan bo’ladi. Og’iz bo’shlig’idan yoki
qizilo’ngachdan qon ketishi qusuq moddalarni pushti rangga bo’yaydi.
Oshqozondan qon ketganida esa qon oshqozon shirasi bilan aralashib rangni
o’zgartiradi, qusuq moddalar bu holdai qo’ngir, qora rangda bo’ladi. Tibbiyot
xodimining vazifasi bemor qusganda uni ahvolini imkon boricha yengillashtirish
zarur. Qusayotgan
bemorga qulay holat berib, o’tqazib, ko’kragiga sochiq yoki
klуопka tutib, og’ziga toza lotok, tog’ora tutib turish kerak. Agar bemor
darmonsiz yoki unga o’tirish taqiqlangan bo’lsa,boshini gavdasidan pastroq qilib,
bir yon tomonga yotqizish lozim va og’iz burchagiga lotok qo’yiladi. Yostiq bilan
ich kiyimlar iflos bo’lmasligi uchun bir necha marta taxlangan sochiq yoki pelenka
tutsa bo’ladi. Hamshira bemorning yonida turadi. Bemorning qusganligi haqida
darhol shifokorni xabardor qilinadi. Kasal qusib bo’lganidan keyin og’zini iliq
suvda chayish, lablari bilan og’iz burchaklarini artib qo’yish kerak. Darmonsiz
bolalarni qusgandan so’ng og’zini dokaga o’ralgan paxtada dezinfeksiyalovchi
eritmalar bilan ( furatsilin, kaliy permanganat) artib turish kerak.Qusuq massalarni
shifokor
kelguncha saqlanadi, keyin ularni lobaratoriyaga yuboriladi, bankaga
bemor to’grisida zarur ma'lumotlar va tekshirish maqsadi yozib qo’yiladi. Agar
lobaratoriyaga tezda yuborishni iloji bo’lmasa qusuqni sovuq joyda saqlash lozim.
Dostları ilə paylaş: