113
adsorbsiyasi.
Suvga asta-sekin etil spirt qoʻshilganda suvning sirt tarangligi kamayib boradi
va oxiri eritmaning sirt tarangligi etil spirtning sirt tarangligiga teng boʻlib qoladi.
Etil spirtga asta-sekin suv qoʻshilganda eritmaning sirt tarangligi ortib boradi
va oxiri suvning sirt tarangligiga tenglashadi.
Eritma konsentratsiyasi oʻzgarganda, sirt taranglik kamaysa, sirt-faollik
manfiy boʻladi, ammo adsorbsiya bu holat uchun musbat qiymatga ega boʻladi,
boshqacha
qilib aytganda, modda suyuqlik sirtida adsorblanadi. Agar eritma
konsentratsiyasining ortishi bilan suyuqlikning sirt tarangligi koʻpaysa, sirt-faollik
musbat qiymatga ega boʻladi, ya‘ni adsorbsiya boʻlmaydi. Demak, bunday
eritmada erigan moddaning konsentratsiyasi suyuqlikning sirt qavatida uning ichki
qavatlaridagiga qaraganda kam boʻladi. Konsentratsiya (C) ni ΔС
ga teng deb
faraz qilish mumkin boʻlgan suyuq eritmalar uchun Gibbs tenglamasi Δơ = - RTG
shaklida yoziladi. Sirt faol moddalar uchun minus (-) ishorani tashlab yuborish
mumkinligidan va agar G oʻrniga
ni qoʻysak:
S Δơ = RT
tenglama kelib chiqadi. Bu tenglama xuddi ideal gazning holat tenglamasiga
oʻxshaydi. Lengmyur
bu tenglamadan foydalanib, turli sirt-faol moddalarning
eritmalari bilan oʻtkazgan tajribalari asosida gaz konstantasi R ni aniq hisoblay
oldi. Demak, eritma konsentratsiyasi nihoyatda kichik boʻlganida
sirt-faol
moddaning molekulalari eritmaning sirt qavatida «gaz» holatida boʻladi, deyish
mumkin.
Suyuqlikka sirt-faol moddalar adsorblanganda suyuqlikning sirt tarangligi
sezilarli ravishda kamayadi.
Suvga organik kislota masalan,
,
va hokazo qoʻshilganda suvning sirt tarangligi kamayadi.