Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti m. Amonboyev, D. I. Abidova, N. A. Jurayeva turizm iqtisodiyoti



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/119
tarix15.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#140905
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   119
turizm iqtisodiyoti va menejmenti UMK

Tayanch iboralar:
turistik faoliyat, turyo‗llanmalar, joylashtiruvchi 
obyektlari, statistik ma‘lumotlar. 
 
Nazorat qilishga oid savol va topshiriqlar 
1.O‗zbekistonning turistik resurslarini tariflang 
2.Turizm iqtisodiyotining statistik ma‘lumotlarini tahlil qiling
3.Qanday muammolar O‗zbekistonga turistlarni jalb qilish davomida vujudga 
kelmoqda. 
4
.
Rasmiyatchilik vaqtida kutilmagan vaziyat sodir bo‗ldi. Rasmiyatchilik 
ishlari tugaganda mijoz sayohatga chiqishdan bosh tortdi. Ushbu muammo va uning 
yechimini izohlang. 
Adabiyotlar 
1.Sh. M.Mirziyoyev. Tanqidiy tahlil, qat'iy tartib-intizom va shaxsiy 
javobgarlik - har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo‗lishi kerak . Tashkent : 
O‗zbekiston, 2017 y.,104 b. 
2.M.Amonboev, N.Juraeva ―Turizm iqtisodiyoti bva menejmenti‖ o‗quv 
uslubiy majmua. – T;TDIU 2018 
3.
Christopher Dougherty. Introduction to econometrics. 2011. 336 p. 
4.uzbekturizm.uz ma‘lumotlari.
 


33 
3-BOB. TURISTIK MAHSULOTLARNING TURLARI VA 
UNING TAQSIMLANISHI 
3.1. Turistik mahsulot to„g„risida tushuncha 
3. 2. Turistik mahsulotning hayotiy bosqichlari 
3.3. Turistik mahsulotning baholanishi 
3.4. Narx belgilashga ta‟sir qiluvchi omillar 
3.1.
 
Turistik mahsulot to„g„risida tushuncha 
Biror mehmonxona yoki restoran xo‗jaligi faqat ovqatlaniladigan 
yoki tunaydigan joy emasdir. U yer ayni vaqtda, ijtimoiy va insoniy 
muloqatlarning mavjud bo‗lgan yeridir. Turizmda xizmatlar biror bir 
mahsulotni tashkil qiladi. Shu sababli mahsulot xaridorga ko‗ra har xil 
bo‗ladi. Turistlarning o‗z uyini tark qilganidan boshlab orqaga 
qaytgunlariga qadar foydalangan barcha xizmatlari va to‗plagan 
tajribalari turistik mahsulot hisoblanadi. Ishlab chiqaruvchilar tomonidan 
mehmonxonaning xonalari, restoranlarning ovqatlari biror turistik 
mahsulotdir. Faqat turistlarg ko‗ra bular aralash turistik mahsulotning bir 
parchalari hisoblanadi. Turist ta‘tilga chiqar ekan turli xil aralash bir 
mahsulot, y‘ani xizmat paketi sotib oladi. 
Turistik mahsulot - turistning sayohati davomida foydalangan 
tunash, ovqatlanish, tomosha qilish va boshqa bir qancha xizmatlarning 
yig‗indisidir. Turizmda mahsulot 2 shaklda o‗rtaga chiqadi. 
1. Biror davlatda mavjud bo‗lgan barcha tabiiy, tarixiy-madaniy va 
turistik resurslarni tashkil qilgan turizm mahsuloti. 
2. Iste‘molchilarning joy o‗zgartirishlariga va sayohat qilishlariga 
imkon beruvchi barcha xizmatlar, ya‘ni bir pekij - tur hosil qilgan turistik 
xizmatlarning yig‗indisi. 
Turizm marketingining birinchi bosqichini turistik mahsulot tashkil 
qiladi. Biror turistik korxonaning ishlab chiqargan mahsulot va 
xizmatlari, 
boshqa 
sanoat 
korxonalarining 
ishlab 
chiqaradigan 
mahsulotlaridan farqlidir. Turizm marketingi turli xil vositalar yordamida 
yuzaga keltirilgan bir mahsulot asosiga tayanadi. Bu mahsulotning 
ro‗yobga chiqarilishi uchun, axborot va xabarlashish vositalarini ham 
qo‗shish kerakdir. Turist uchun eng ahamiyatlisi, eng yaxshisini yoki 


34 
o‗ziga yoqqanini tanlashdir. Turizm korxonasida yoki marketingida 
maqsad ham iste‘molchiga eng yaxshi shaklda xizmat taqdim qilish, 
ishlab chiqaruvchilarga optimal bir foyda yaratish orasida muvaffaqiyatli 
bir 
munosabat 
yaratishdir. 
Turistik 
mahsulotning 
xususiyatlari 
quyidagilardan iborat.
14
1. Turistik mahsulotning ishlab chiqarilgan joyida tugatilishi qiyindir. 
Iste‘molchi 
turist, turistik mahsulot va xizmatlarning ishlab 
chiqariladigan joyiga borishga majburdir. 
2. Turistik mahsulot bir qancha xizmatlar (tunash, ovqatlanish, 
tomosha va h.k.) yig‗indisidan hosil bo‗ladi. 
3. Turistik xizmat va mahsulotning o‗z vaqtida sotilishi shartdir. 
4. Turistik mahsulotlarda subyektiv baholanish juda yuqoridir. 
5. Turistik mahsulotlarda tortuvchanlik, foydalilik va qulay yaratilish 
xususiyatlarining bo‗lishi kerakdir. 
6. Turistik mahsulotlarda mehnat zich ishlab chiqarish shaklida bo‗lib 
avtomatlashtirish juda kamdir. 
7. Turistik mahsulotlarda standartlashtirish juda kamdir. Xususan 
xizmat yoki servislarning bir tartibda va bir qolibda bo‗lishi mumkin 
emas. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   119




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin