Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti m. Amonboyev, D. I. Abidova, N. A. Jurayeva turizm iqtisodiyoti


  Yalpi ichki mahsulotda turizmni o‟rni



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə24/119
tarix15.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#140905
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   119
turizm iqtisodiyoti va menejmenti UMK

4.4. 
Yalpi ichki mahsulotda turizmni o‟rni
 
Yalpi turistik mahsulot – bu turizm sohasida ishlab chiqarilgan 
(iste‘mol qilinadigan) tovarlar va xizmatlarning qiymat hajmidir. Qiymat 
ifodasida turistik mahsulot ikki uslubda baholanadi: 


50 
korxonalar, hududlar daromadlariga aylanadigan turistlar xarajatlari 
summasi sifatida; 
turistik mahsulotni ishlab chiqarish xarjatlari summasi sifatida. 
Daromad sifatida yalpi turistik mahsulot o‗z ichiga oladi: 
turistik tovarlar va xizmatlarni ishlab chiqarishdan tushumning bir 
qismi sifatidagi jami ish haqi. Bunga shuningdek taqdim etilgan 
zayomlar (kreditlar) kiradi; 
xonalar, apportamentlar va hokazolarni ijaraga berish orqali tushum
pullarni qarzga berish (masalan bankdagi depozit raqamida pullarni 
saqlash uchun foizlar) orqali turistik korxona oladigan foizlar. 
Foyda – turistik mahsulot va xizmatlarni ishlab chiqarishga xarajat 
qilingandan so‗ng qoladigani. Xarajatlar turistik tovarlar va xizmatlarni 
sotishdan tushumdan ayriladi. Natija salbiy bo‗lishi mumkin, qachonki 
korxona zarar bilan ishlasa. Daromadlarning bir qismi mulkdorga 
qaytmasligi mumkin, ammo kelgusida foydalanish maqsadida turistik 
biznesda qoladi. Aynan shu qismi daromad sifatida ko‗riladi. 
Turistik mahsulotni ishlab chiqarishga xarajatlar summasi sifatidagi 
yalpi turistik mahsulotlar o‗z ichiga quyidagi xarajatlarni oladi: 
- turistik iste‘mol (tovar) va xizmatlarni xarid qilish uchun barcha 
xarajatlar; 
- xususiy turistik investitsiyalar, ular o‗z ichiga yangi kapital 
quyilmalarni amalga oshirishdagi harajatlarning umumiy sonini oladi
shuningdek turizm strukturasini yaxshilash maqsadidagi xususiy sektor 
harajatlarini; 
- davlat tomonidan turistik tovarlar va xizmatlarning xarid qilinishi,
- turistik eksport minus import. Ushbu kategoriyada mamlakatdan 
turizm eksporti umumiy xarajatlar hajmi yalpi turistik mahsulot hajmiga 
qo‗shilishi lozim va teskarisi, turmahsulot importini umumiy yalpi 
turistik mahsulot hajmidan ayrilishi lozim. 
SHunday qilib, qiymat ifodasidagi turizmdan daromadlar turistik 
mahsulotni ishlab chiqarish xarajatlariga teng: 
TD= TM – KA + DS; 
Bu erda: TD – turistik daromad; 
TM – turistik mahsulot; 


51 
BX – bilvosita xarajatlar; 
DS – davlat subsidiyalari; 
Yalpi turistik mahsulotni aniqlashda quyidagi holatlarni inobatga 
olish lozim: 
1. Qarzlarni tugatish turistik mablag‗larnig kamaytirilishi sifatida 
ko‗rib chiqiladi. Qarzlarning qoplanishi turistik mablag‗larni 
shakllantirish bo‗yicha xarajatlarning bir qismi sifatida ko‗riladi. Ushbu 
xarajatlar qo‗shilgan qiymatning bir qismi hisoblanmasada, ammo ular 
daromadlarga kiritilmaydi, chunki pulning turistik biznesda foydalanish 
uchun qaytarilmaydi. Natijada ularni turli qarzlarni qoplash uchun foiz 
sifatida inobatga olish lozim. 
2. Bilvosita soliqlar turistik tovarlar va xizmatlar tarkibiga kiradi. 
SHu sababli turistik mahsulotni ishlab chiqarishdagi xarajatlarni 
qo‗shishda ularni daromadga teng bo‗lishini ta‘minlash maqsadida 
daromadning bir qismiga qarzlarni qoplash uchun bilvosita soliqlarni 
qo‗shish lozim. 
Turistik mahsulot – bu turistlarning u yoki bu ehtiyojlarini 
qondiradigan va ular tomonidan haq to‗lanadigan har qanday xizmatdir. 
Bunday xizmatlarga mehmonxona, transport, ekskursion, tarjimonlik 
maishiy, kommunal, vositachilik va boshqa xizmatlar kiradi. Shunday 
qilib, turistik mahsulot tor va keng ma‘noda ko‗riladi. Tor ma‘noda 
turistik mahsulot – bu turistik industriya aniq sektorining (masalan 
mehmonxona mahsuloti, turoperator, transport korxonasi turmahsuloti 
va hokazo) mahsulotdir. Keng ma‘noda turistik mahsulot bu turistik 
sayr (tur) umumiy tashkil etuvchi tovarlar va xizmatlar kompleksi yoki 
unga bevosita aloqador.
20

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   119




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin