Ped Psix 2 tayyori 16. cdr



Yüklə 4,98 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə111/192
tarix08.11.2023
ölçüsü4,98 Mb.
#131323
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   192
Ped Psix 2 tayyori 16. cdr

Maqsadlar va ideallar.
Maqsadlar
doimo o‘zining anglanganligi 
va shaxs real imkoniyatlariga bog‘liqligi bilan xarakterlanib, ularning 
shakllanishi va ongda o‘rnashishida ma’lum ma’noda ideallar ham 
muhim rol o‘ynaydi. 
Ideallar
– shaxsning hozirgi real imkoniyatlari 
chegarasidan tashqaridagi orzu-umidlari, ular ongda mavjud bo‘lsada, 
lekin ular har doim ham amalga oshmaydi. Chunki ularning paydo 
bo‘lishiga sabab bevosita tashqi muhit bo‘lib, o‘sha ideallar obyekti 
bilan shaxs imkoniyatlari o‘rtasida tafovut bo‘lishi mumkin. 
Qiziqishlar va dunyoqarash.
Qiziqishlar
ham anglangan 
motivlardan sanalib, ular shaxsning atrofida ro‘y berayotgan 
barcha hodisalar, odamlarning o‘zaro munosabatlari, yangiliklar 
borasida faktlar to‘plash, ularni o‘rganishga imkon beruvchi omildir. 
Qiziqishlarning eng muhim tomoni shundaki, ular shaxs dunyoqarashi 
va e’tiqodini shakllantirishga asos bo‘lib xizmat qiladi. Chunki 
e’tiqod
shaxsning shunday ongli yo‘nalishiki, unga o‘z qarashlari, 
prinsiplari va dunyoqarashiga mos tarzda yashashga imkon berib
e’tiqod va qiziqishlar dunyoqarashni shakllantiradi. 
Dunyoqarash
– 
tartibga solingan, yaxlit ongli tizimga aylantirilgan bilim, tasavvurlar 
va g‘oyalar majmui bo‘lib, u shaxsni ma’lum bir qolipda, o‘z shaxsiy 
qiyofasiga ega tarzda jamiyatda munosib o‘rin egallashga chorlaydi. 
6.2. Shaxs faoliyati va uning tuzilishi
Faoliyat turlari, shaxsning jamiyatdagi ijtimoiy xulqi va 
o‘zini qanday tutishi, egallagan mavqeyi sababsiz kuzatilmaydi. 
Faoliyatning amalga oshishi va shaxs xulq-atvorini tushuntirish uchun 


185
psixologiyada 
“motiv»”
va 
“motivatsiya”
tushunchalari ishlatiladi. 
“Motivatsiya”
tushunchasi 
“motiv”
tushunchasidan kengroq ma’no 
va mazmunga ega bo‘lib, u inson xulq-atvori, uning bog‘lanishi, 
yo‘nalishi va faolligini tushuntirib beruvchi psixologik sabablar 
majmuini bildiradi. Bu tushuncha u yoki bu shaxs xulqini tushuntirib 
berish kerak bo‘lganda, ya’ni: “nega?”, “nima uchun?”, “nima 
maqsadda?” degan savollarga javob qidirganda ishlatilib, xulqning 
motivatsion tasnifini yoritishga olib keladi. Mazkur sabablarning ikki 
jihati farqlanadi: 
– ichki sabablar, ya’ni xatti-harakat egasining subyektiv psixologik 
xususiyatlari nazarda tutilsa (motivlar, ehtiyojlar, maqsadlar
mo‘ljallar, istaklar, qiziqishlar va hokazolar);
– tashqi sabablarda faoliyatning tashqi shart-sharoitlari va 
holatlari, ya’ni, bular ayni konkret holatlarning kelib chiqishiga sabab 
bo‘ladigan tashqi stimullar tushuniladi.
Shaxs xulq-atvorini ichkaridan, ichki psixologik sabablar tufayli 
boshqarish, odatda, 
shaxsiy dispozitsiyalar
ham deb atalib, ular 
shaxs tomonidan anglanishi yoki anglanmasligi ham mumkin. Ya’ni, 
ba’zan shunday bo‘ladiki, shaxs o‘zi amalga oshirgan ishi yoki 
o‘zidagi o‘zgarishlarga nisbatan shakllangan munosabatning haqiqiy 
sababini o‘zi tushunib yetmaydi, “Nega?” degan savolga “O‘zim 
ham bilmay qoldim, bilmayman”, deb javob beradi. Bu anglanmagan 
dispozitsiyalar yoki 
ustanovkalar
deb ataladi. Agar shaxs biror kasbga 
ongli tarzda qiziqib, uning barcha sir-asrorlarini egallash uchun 
astoydil harakat qilsa, bunda vaziyat boshqacharoq bo‘ladi, ya’ni, 
dispozitsiya anglanilgan, ongli hisoblanadi.
Shu nuqtayi nazardan 
motiv
– konkretroq tushuncha bo‘lib, u 
shaxsdagi u yoki bu xulq-atvorga nisbatan turgan moyillik, hozirlikni 
tushuntirib beruvchi sababni nazarda tutadi. Mashhur nemis olimi 
Kurt Levin motivlar har bir odam o‘ziga xos tarzda u yoki bu vaziyatni 
idrok qilish va baholashga moyil bo‘lib, o‘sha bir konkret vaziyat 
xususidagi turli shaxslarning baholari ham turlicha bo‘ladi, deb 
ta’kidlaydi. Bundan tashqari, bir shaxsning o‘zi ham o‘zidagi holat, 
kayfiyatga bog‘liq holda bir xil vaziyatni turlicha idrok qilishi mumkin 
ekan. Shuning uchun ham odamning ayni paytdagi real harakatlarini 
o‘sha ma’lum sharoitdagi ichki va tashqi stimullarga uning bergan
186
bahosi yoki reaksiyasi sifatida qaramay, balki unda shunga o‘xshash 
holatlarni idrok qilishga ichki bir hozirlik – dispozitsiyaning 
mavjudligi bilan tushuntirilar ekan.
Har qanday motivlarning orqasida shaxsning 
ehtiyojlari 
yotib, 
maqsadli hayotda shaxsda avval u yoki bu ehtiyojlar paydo bo‘ladi 
va aynan ularning tabiati va zaruratiga bog‘liq tarzda xulq motivlari 
namoyon bo‘ladi. 
Ehtiyojlar faollik manbayi bo‘lib, u insonni biror 
narsa buyum, sharoit, vaziyat yoki kishilarga nisbatan zaruriyat 
tug‘ilishida aks etadi.

Yüklə 4,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   192




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin