Ped Psix 2 tayyori 16. cdr



Yüklə 4,98 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə150/192
tarix08.11.2023
ölçüsü4,98 Mb.
#131323
1   ...   146   147   148   149   150   151   152   153   ...   192
Ped Psix 2 tayyori 16. cdr

Stress nima?
Stress – organizmning ta’sirotchisi bo‘lmish stressor-
ga nisbatan nospetsifik umumiy javobidir. Organizmning stressorga 
javob reaksiyalarida spetsifik va nospetsifik omillar kuzatiladi. Odam 
stressiz yashay olmaydi, hayot bor joyda stress bor, uning bo‘lmasligi 
o‘lim deganidir (G.Sele, 1956). Stress aslida “hayot” tushunchasi 
bilan bir xildir. Savol tug‘iladi: bordiyu, odam hali tirik ekan, u stress 
holatida bo‘lsa, unda qanday qilib u xastalikga duchor bo‘ladi? G.Sele 
bu muammoni ochiq-oydin yoritib berdi. Stress odam uchun havf 
tug‘dirmaydi, aksincha, distress havflidir, bunda odam ancha vaqt 
kuchli darajada zo‘riqqan bo‘ladi. Stressni ijobiy va salbiy turlarga 
ajratishdan hech qanday ma’no yo‘q, chunki fiziologik nuqtayi 
nazardan organizmning kuchli shodlikka va kuchli qayg‘uga javob
reaksiyasi bir xil bo‘ladi. “Stress hastaliklari” degan tushuncha 
no to‘g‘ ri dir. “Distress kasalliklari” deyilsa, to‘g‘riroq hisoblanadi, 
de gan edi G.Sele.
G.Sele stressni 3 ta asosiy bosqichga bo‘lgan va quyidagicha 
ta’riflagan: 
Birinchi bosqich
– qo‘rquv bosqichidir. Bu bosqichda 
qon bosimi va tana harorati pasayadi, kapillarlarning qon bilan 
to‘lishi va alkoloz kuzatiladi, oshqozon ichak sistemasida funksional 
o‘zgarishlar, qonda qand miqdori kamayadi. 
Ikkinchi bosqich
– bu qarshilik ko‘rsatish bosqichidir. Bu bosqichda 
alkoloz atsidoz bilan, gipoglikemiya giperglikemiya bilan, arterial 
gipotoniya gipertoniya bilan almashadi, tana harorati ko‘tariladi va 
buyrakusti bezi qobig‘i kattalashadi, kortikosteroidlar ko‘plab ajralib 
chiqadi. 
Uchinchi bosqich
– toliqish bosqichidir. Bu bosqich yurak 
mushaklarida distrofik o‘zgarishlar, oshqozon ichak sistemasida 
yarachalar paydo bo‘ladi, ularga nuqtasimon qon quyiladi, ayrisimon 
va limfatik bezlarning burishib qoladi, miya faoliyati susayadi. Stressni 
G.Selegacha ham tadqiq qilishgan, lekin organizmda kechadigan 
patofiziologik o‘zgarishlar orasida bog‘liqlik alomati o‘rganilmagan. 
Hayotda stresslar bo‘lib turishi tufayli ularni boshqarishni, ular 
keltirishi mumkin bo‘lgan zararni kamaytirishni bilish zarur. 
Stresslarga ko‘nikish usullari:
Birinchi usul
– tashkilot darajasidagi usul bo‘lib, siyosatdagi, 
260
ishlab chiqarish tuzilmasidagi xodimlarga nisbatan qo‘yiladigan 
aniq talablarni ishlab chiqishda, ularning faoliyatiga baho berishda 
o‘zgarishlar ro‘y berishi natijasida sodir bo‘lib, bunday o‘zgarishlar 
stressli vaziyatlarning manbaini barham toptiradi. 
Ikkinchi usul
– ayrim shaxs darajasidagi usul bo‘lib, u stresslarni 
bartaraf qilish bo‘yicha maxsus dasturlardan foydalanib, ularni 
boshqara bilishdir. Bunday dasturlar meditatsiya, trening, mashqlar, 
parhyez va ba’zan ibodat qilishni ham o‘z ichiga oladi. (8.1-jadval)
8.1-jadval

Yüklə 4,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   146   147   148   149   150   151   152   153   ...   192




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin